La Liga. Simeone “Atletiko”da tarixiy rekordni yangiladi
19 sen 2022 09:15
Yangiliklar


La Liga. Simeone “Atletiko”da tarixiy rekordni yangiladi
Ispaniya chempionati 6-turida “Atletiko” derbida “Real”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Diego Simeone “matraschilar” boshqaruvida Ispaniya chempionatidagi 408-uchrashuvini o'tkazib, bu borada klub rekordini yangiladi. Avvalgi eng yaxshi natija esa Luis Aragonesga tegishli edi – La Ligada 407 bahs.
“Atletiko” hozirda chempionat jadvalida 10 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. 52 yoshli Simeone 2011 yildan beri “qizil-oqlar” murabbiyi sifatida faoliyat yuritib keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar