Kris Koulman jurnalistlar bilan hazillashdi (foto)
08 iyu 2016 16:13
Yangiliklar
Kris Koulman jurnalistlar bilan hazillashdi (foto)
Bir necha soat oldin the Telegraph nashri Angliya terma jamoasi murabbiyining ehtiyotkorsizligi tufayli "sherlar"ning hujum chizig'i haqidagi malumotni elon qilgan edi.
Uels terma jamoasi ustozi Kris Koulman bundan xabar topgan ko'rinadi. Murabbiy jurnalistlar bilan hazillashishga qaror qildi va u ham o'z qo'lidagi taktik sxemani suratkashlarga namoyish etdi. Olingan rasmlarga ko'ra, uelslik mutaxassis o'z tarkibiga quyidagi ismlarni yozgan: Bekkenbauer, Mur, Kafu, Karlos, Sokrates, Ziko, Best, CHarlton, Pele, Maradona.
Fikrlar