Koulman Uels bilan xayrlashdi va “Sanderlend”da ish boshlaydi

18 noya 2017, 02:47
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulman iste'foga chiqdi va bundan buyon “Sanderlend”ni boshqaradi.

Sky Sports nashrining xayuariga ko'ra, 47 yoshli mutaxassis 19 noyabrdan boshlab ingliz klubida ish boshlaydi.

Koulman Uels termasini 2012 yildan buyon boshqarib kelgan va Evro-2016 bahslarida jamoani yarim finalga qadar etaklab kelgandi. Ammo JCH-2018 saralash bahslaridan so'ng Beyl jamoadoshlari mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olishmadi.

16-turdan keyin “Sanderlend” Chempionshipda so'nggi pog'onani egallab turibdi. Noyabr oyi boshadi klub bosh murabbiyi Saymon Greyson iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports