Klopp "Liverpul" asosiy o'yinchisi safga qaytganini elon qildi
03 sen 2022 12:08
Yangiliklar


Klopp "Liverpul" asosiy o'yinchisi safga qaytganini elon qildi
"Qizillar"ning yo'qotishlari soni asta-sekin kamayib bormoqda.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Diogu Jota 3 sentyabr kuni "Everton"ga qarshi derbida maydonga tushishga tayyorligini aytdi.
"Jota, ehtimol, birinchi marta tarkibda paydo bo'ladi. U kecha mashg'ulot o'tkazdi, bugun ham qatnashadi. Uning navbatdagi o'yinda maydonga tushishi masalasida bir qarorga kelishimiz kerak. Agar uni o'ynatsak, birinchi marta ixtiyorimizda beshta hujumkor o'yinchi bo'ladi. Bu xuddi Rojdestvoga o'xshaydi", – dedi Klopp.
SHuningdek, hujumchi Darvin Nunes ham 3 o'yinlik diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi. Ammo etakchi yarim himoyachi Tiago Alkantara hamon jarohatda bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar