Bavariya Inter yulduzi uchun APL klubi bilan bahslashadi
26 fev 10:55
Yangiliklar


Bavariya Inter yulduzi uchun APL klubi bilan bahslashadi
Milanning Inter klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
«Bavariya» joriy mavsum boshlanishidan oldin turk bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan edi, keyinchalik futbolchining o'zi ham buni tasdiqlagan. Myunxenliklar xavbekni yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida yana o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin. Shuningdek, 31 yoshli futbolchiga Angliyaning «Nyukasl» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Xakan Chalxanoglu 2021 yilning yozidan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachining «neradzurrilar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar