Atletiko Kovachichni "Man Siti"dan 30 mln evroga sotib olishi mumkin
26 fev 2025 11:17
Yangiliklar
Atletiko Kovachichni "Man Siti"dan 30 mln evroga sotib olishi mumkin
Madridning Atletiko klubi kelayotgan yozda "Manchester Siti"ning 30 yoshli yarim himoyachisi Mateo Kovachichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, xorvatiyalik futbolchining ispan klubiga ehtimoliy transfer summasi 30 mln evroni tashkil etishi mumkin. «Shaharliklar» Kovachichga o'rinbosar sifatida «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni ko'rishmoqda.
Kovachich joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt'da futbolchining narxi 28 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar