Gvardiol: "Bu og'ir dam, lekin u meni hech qachon sindira olmaydi"
06 jan 16:58
Yangiliklar
Gvardiol: "Bu og'ir dam, lekin u meni hech qachon sindira olmaydi"
"Bu og'ir dam, lekin u meni hech qachon sindira olmaydi. Men kim ekanimni va qaerdan kelganimni bilaman! "Siti" muxlislariga cheksiz qo'llab-quvvatlov uchun rahmat! Sizlarni yaxshi ko'raman va har kuni maydonga yanada kuchliroq bo'lib qaytish uchun kurashaman — "Manchester Siti" jangchisi sifatida", – dedi Gvardiol.
Futbolchi jarohatni Angliya Premer-ligasining "Chelsi"ga qarshi o'yini (1:1) ikkinchi taymida olgandi. Klubning malum qilishicha, himoyachini shu hafta operaciya kutib turibdi. Hozirda jarohat darajasi va tiklanish muddatlarini aniqlash uchun qo'shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda.
Yoshko Gvardiol "shaharliklar" himoya chizig'ining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va uning qaytishi mavsumning qolgan qismida Xosep Gvardiola jamoasi uchun juda muhim bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar