So'g'diyona Seria A chempionatida o'ynagan futbolchi bilan shartnoma tuzdi
26 fev 07:39
Yangiliklar


So'g'diyona Seria A chempionatida o'ynagan futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Transfer oynasining so'nggi kunida So'g'diyona tajribali futbolchi bilan shartnoma tuzdi.
«Tvente», «Sampdoriya», «Zenit», «Lokomotiv» jamoalarida harakat qilgan Luka Jorjevich yangi mavsum jizzaxliklar safida o'tkazadi.
Hujumchi faoliyati davomida 205 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 43 ta gol va 21 ta golli uzatma bor. 30 yoshli hujumchi Chernogoriya terma jamoasi safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Transfermarket futbolchini 300 ming evroga baholagan. Uning eng qimmat narxi esa 4 million evro bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar