Liverpul 30 yoshli Robertsonga Nyukasl futbolchisini o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
26 fev 2025 11:39
Yangiliklar
Liverpul 30 yoshli Robertsonga Nyukasl futbolchisini o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
Liverpul Nyukaslning 20 yoshli chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni 30 yoshli Endryu Robertsonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar kelasi yozda angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin.
20 yoshli himoyachi 2024 yilning iyulida «Chelsi»dan «Nyukasl»ga o'tgandi. Joriy mavsumda Xoll barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 25 mln evroni tashkil etadi.
Robertsonning «Liverpul» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar