Stiven Jerrard: "Keyn – Angliya tarixidagi eng yaxshi futbolchi"

Sherzod Nurmatov
22 okt 2026, 16:04
“Liverpul” sobiq sardori Stiven Jerrard "Bavariya" hujumchisi Harri Keynning o'yinidan hayratda ekanini bildirdi.

Myunxen grandining hujumdagi yetakchisi Chempionlar Ligasi doirasida Londonning "Arsenal" klubiga qarshi kechgan va durang bilan yakunlangan (2:2) uchrashuvda penaltidan gol urib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

2.jpg

"Ehtimol, Keyn Angliya tarixidagi eng yaxshi o'yinchidir. Barcha davrlarning eng buyuk ingliz futbolchilari haqida gap ketganda, uning nomi tilga olinishi kerak", – dedi Jerrard “TNT Sports” efirida.

"Bavariya" – "Arsenal" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sovrini aynan Keynga nasib etdi. 33 yoshli forvard dushanba kuni "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TNT Sports