Barselona Levandovskiga APLdan o'rinbosar topdi
26 fev 2025 10:26
Yangiliklar
Barselona Levandovskiga APLdan o'rinbosar topdi
Barselona 36 yoshli hujumchi Robert Levandovskiga o'rinbosar izlamoqda.
Yaqinda polshalikning shartnomasi avtomatik tarzda 2026 yilning yoziga qadar uzaytirildi. 2025/26 yilgi mavsum so'nggida "faxriy" o'yinchi katta ehtimol bilan jamoani tark etadi, shuning uchun klub allaqachon unga o'rinbosar topish haqida bosh qotirmoqda. Kataloniya grandi rahbariyati «Liverpul»dan Darvin Nunesni ideal nomzod deb hisoblamoqda. Urugvaylik Angliyada o'zini ko'rsata olmadi, shuning uchun u sotuvga qo'yilishi mumkin. Nunesga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali 25 yoshli forvardning narxini 65 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
Элдор Шомуродов Италияда
Fikrlar