So’nggi yangiliklar

08:45"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси фаолиятини Саудияда давом эттириши мумкин  1 08:13Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:40Суперлига. Бугун 8-тур якунланади  1 07:00Суперлига. ОКМК 10 киши бўлиб камбек қилди, "Машъал" сўнгги дақиқаларда ғалаба қозонди, "Пахтакор" эса сафарда ютқазди  12 06:30АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Борнмут"га мағлуб бўлди  2 02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  6 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  125 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  5 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  23 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  26

"Kino hali tugamadi". Oldinda yana uchta tur bor Yangiliklar

"Kino hali tugamadi". Oldinda yana uchta tur bor

27 oktyabr kuni O'FA majlislar zalida Superliga hakamlari ishtirokida katta yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishdan maqsad - oxirgi paytlarda yuz bergan Superliga o'yinlaridagi hakamlik bilan bog'liq holatlarni, ularning qarorlarini muhokama qilish edi. Yig'ilishda ko'p o'yinlardagi bahsli vaziyatlar bo'yicha roliklar namoyish etildi, o'sha o'yinlarda ishlagan hakamlar o'z qarorlarini tushuntirib berishdi. 


Seminarlar bo'lgani yaxshi

Avvalo bu kabi seminarlarni hech bo'lmasa bir oyda bir marta o'tkazib turish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. CHunki hakamlarning qarorini nafaqat murabbiylar yo futbolchilar, balki OAV bilan bir qatorda keng jamoatchilik ham muhokama qilyapti. Agar seminar tez-tez o'tkazib turilsa, balki shunda bazi savol-javoblarga o'rin qolmas. 

Yig'ilishni shaxsan O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov olib borgani ham yaxshi bo'ldi. CHunki Ermatov hakamlik faoliyatini tugatgan bo'lishiga qaramay, hamon O'zbekistonning birinchi raqamli hakami bo'lib turibdi va qoidalarni juda yaxshi biladi. Qolaversa Ravshan Ermatovdan so'ng jahon darajasiga boshqa hakam chiqqani yo'q. 


Seminardan nima oldim? 

O'zimda ham bazi o'yinlar bilan bog'liq savollar bor edi. Masalan, "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuviga nima uchun VAR qo'yilmagani, o'yinni boshqarib borgan Firdavs Norsafarov ikki bor "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilagani, "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" o'yinida mezbonlarning birinchi goli qo'l bilan kirtilgan-kiritilmagani, ikkinchi golda o'yindan tashqari holat bor yo yo'qligi, Diyor Turopov yiqilgan vaziyatda penalti berilmagani, "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvida qarshiliklar goli hisobga olinmagani va hokazo.

SHunday bo'ldiki, aksar bahsli vaziyatlarda hakamlar chiqargan qaror to'g'ri ekan. Har holda buni seminar paytida mutaxassislar tushuntirib berishdi. Lekin baribir bazi vaziyatlar bo'yicha o'z fikrimda qolaman va bu borada hakamlar bilan bahslashish niyatim yo'q. CHunki qoidalarni hech kim ularchalik yaxshi bilmaydi. Va eng muhimi, ular nima qaror chiqarsa o'yin qoidalariga to'g'ri kelaveradi. Futbolda ko'p epizodlar bo'yicha hakamni oqlab bersa ham, qoralab tashlasa ham bo'ladi. Bu endi kimning qanday gapirishiga bog'liq. 


Seminardan so'ng nima o'zgaradi? 

Bu seminar ko'pchilik uchun foydali bo'lgani aniq, lekin Superliga tugashiga uchta tur qolganini hisobga olsak, aynan seminar sabab buyog'iga o'yinlar tinch o'tadi, hakamlarning xatosini boshqa ko'rmaysiz degan fikrdan yiroqman. Baribir oxirgi uch turda ham bahsli vaziyatlar bo'ladi deb o'ylayman. CHunki chempionat oxirlab boryapti, kimgadir ochko kerak va bu vaziyatda chetdan "yordam qo'li cho'ziladi" degan taxmindaman. 

"Paxtakor" - "Qizilqum" bahsidan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov "Har doimgi kino davom etyapti" deb aytib o'tdi. Va taxmin qiladigan bo'lsak, "kino hali tugagani yo'q", oldinda yana uchta tur borligini hisobga olsak, qaysidir o'yinlarda bu "kinoning davomi yozilishi" mumkin. Albatta, seminarlar bo'lgani yaxshi, bu borada umuman etiroz yo'q, ammo maydonda boshqa narsani ko'rgandan keyin bu kabi yig'ilishlar foyda beradimi degan savol ham tug'iladi. 

X.Xoliqov.


Quyida keyingi 3ta tur o'yinlar taqvimini keltirib o'tamiz. "Kino" bo'ladimi-yo'qmi, o'zingiz taxmin qilib olavering. 

24-tur

AGMK - ANDIJON

BUNYODKOR - QIZILQUM

NAVBAHOR - METALLURG

LOKOMOTIV - SO'G'DIYONA

PAXTAKOR - SURXON

MASH'AL - TURON

NASAF - QO'QON-1912


25-tur

MASH'AL - QIZILQUM

METALLURG - TURON

QO'QON-1912 - AGMK

BUNYODKOR - SURXON

ANDIJON - NAVBAHOR

SO'G'DIYONA - NASAF

LOKOMOTIV - PAXTAKOR


26-tur

PAXTAKOR - BUNYODKOR

SURXON - MASH'AL

QIZILQUM - METALLURG

TURON - ANDIJON

NAVBAHOR - QO'QON-1912

AGMK - SO'G'DIYONA

NASAF - LOKOMOTIV

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика