Ruslan Jiyanov: "Chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz"
16 iyu 13:12
Yangiliklar


Ruslan Jiyanov: "Chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz"
- O'yin haqida
- Uchrashuv teng kuchli ikki jamoa o'rtasida kechdi. Yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Foydalanganimizda, natija boshqacha bo'lishi mumkin edi.
- "Navbahor"ga nimadir etishmadimi yoki "Nasaf kuchlilik qildimi?
- "Nasaf" kuchlilik qildi deyolmayman. O'zimizda bir talay vaziyatlar bo'ldi. "Nasaf"da yaqqol vaziyat ko'rmadim. Ular ham, biz ham o'ziga yarasha kuchli jamoamiz.
- O'yin yakunlanganidan so'ng juda asabiylashdingiz. Bunga asosiy sabab nima edi?
- Ayrim hollarda oyoqqa atayin tepishlar va hujumni buzib qo'yishlar kuzatildi, sariq kartochka ko'rsatilmayapti. Hakamlarni gapirmayman, ularni tekshiradiganlar bor.
- Mavsum hali uzoq davom etadi. Peshqadam "Nasaf" bilan oradagi farq 8 ochkodan iborat. "Navbahor"da chempionlik uchun imkoniyatlar qay darajada?
- Albatta, chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz. Har bitta o'yinga oxirgi o'yindek tushamiz. Birinchi davra tugashiga 3 ta o'yin bor. Bu o'yinlarda yutsak, yuqori o'rinlarda bo'lamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar