So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Hakim Fuzaylov: "Shunday yuqori talablar orqali o'zbek futboli tartiblanib boradi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Shunday yuqori talablar orqali o'zbek futboli tartiblanib boradi"

Superliga 12-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan so'ng xorazmliklar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin qiyin kechishini taxmin qilgandik. "Dinamo" joriy o'z oldiga katta maqsad qo'ygan va ushbu maqsadlarga erishish uchun harakat qilmoqda. Ancha yorqin jamoa shakllangan. Biz ham shunday. Biz ham yomon o'ynamayapmiz. Men bilishimcha, qaytgan to'pga egalik qilish bo'yicha "Dinamo" Superligada etakchi jamoa. Aynan shu jabhada biz raqibga yutqazib qo'ydik. Yana gollar urishimiz mumkin edi. Hayot davom etadi. Futbolchilar biroz ranjishdi. Endi keyingi uchrashuvga etibor qaratishimiz kerak. Xafa bo'lib o'tirishga vaqt yo'q", - dedi Hakim Fuzaylov bugungi bahs yakunlangach.


- "Xorazm" tarkibida ko'p futbolchilar o'tgan mavsumlarda "Dinamo" tarkibida to'p tepgan edi. Ushbu futbolchilar bugungi o'yinga qo'shimcha ishtiyoq bilan maydonga tushdimi?

- Ochig'ini aytsam, biz yangi jamoa tuzdik. "Xorazm" esa 15 yil deganda endi eng yuqori divizionga qaytdi. Futbolchilarga motivaciya berib o'tirish kerak emas. Biz ushbu tarkibni yanvar oyida yig'dik. Biz uchun har bir o'yin finaldek. Ishtiyoq yuqori bo'lishi kerakligi tabiiy.

- "Xorazm" qachon uy uchrashuvlarini o'z stadionida o'tkaza boshlaydi?

- Yaqin orada. "Andijon"ga qarshi yaqinlashib kelayotgan o'yinni ham Jizzaxda o'tkazsak kerak. Bizda maydon allaqachon tayyor, yoritish tizimi ham. VAR texnikalari ham etib keldi. Faqatgina tekshiruvdan o'tishimiz kerak. Balki "Navbahor"ga qarshi 2 iyuldagi o'yinni o'z uyimizda o'tkazarmiz.

- PFLning bunday talablari juda qattiq emasmi? Masalan, "Surxon" uzoq vaqt davomida Toshkentda o'ynadi. O'tgan yili esa "Qizilqum"...

- Aksincha, bu yaxshi. Masalan, terma jamoamiz ilk marotaba mundialga chiqdi. Shunday yuqori talablar orqali o'zbek futboli tartiblanib boradi.



Reyting: +6   

Fikrlar

   
16 iyu 01:16:55
Shox Ruxbek
Malades Hakim toğo
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика