So’nggi yangiliklar

17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  1 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  2 16:40АПЛ қайтди. "Ипсвич" - "Ливерпуль"  3 16:36Энцо Мареска: "Менга ЕЧЛга чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  0 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  0 15:25Пичоқланган Ямалнинг отасига нима бўлди?  0 15:23Жаҳон чемпиони "Сепахон"га ўтишга яқин  0 14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   1 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  2 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  29 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  4 12:23“Трастбанк” ходимлари ўртасида ўтказилаётган “Спартакиада – 2024” спорт мусобақаларининг очилиш маросими бўлиб ўтди  0

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobi to'rtinchi bobining davomini taqdim etamiz.

Davomi. Boshi quyidagi havolada:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob (davomi)

Sudgacha meni ikki hafta “Kuinstaun” qamoqxonasida ushlab turishdi. Keyin garov pulini elon qilishdi – 300 ming dollar. Pul yo'q edi. Ruhan yakuniy qarorga tayyorgarlik ko'rayotgandim. Mening ishim Kaur ismli qattiqqo'l sudya ayolga topshirilgandi. Guvohlar hatto ko'rsatmalarda ham adashib ketayotgandi. CHunki ularning so'zi bo'yicha bo'lib o'tgan voqealar men AQSHda bo'lgan vaqtimda ro'y bergandi. Ushbu ish tashkillashtirilgani bilinib qoldi. Hattoki Pal ham o'z orini berkitish uchun menga qarshi ko'rsatma berdi. Bundan boshqasini kutmagan ham edim. Men 18 oy “o'tirib” chiqdim.


2000 yilning mart oyida ozodlikka chiqdim. Pul yo'q. Eski ishimni boshlashga qaror qildim. Siva ismli do'stim golf bo'yicha murabbiy bo'lib ishlardi. U San-Diegoda buni o'rgangandi. Ingliz tilini bilgan puli bor har bir odam bunday sertifikatni qo'lga kiritishi mumkin edi. Siva juda erinchoq odam bo'lib, issiqda soatlab turib zarba berishni istamasdi. SHu sababli futbolda kelishilgan o'yinlar tashkillashtirish bilan shug'ullanardi. Malayziya kubogi sharofati bilan AQSHdagi o'qishiga pul ishlab oldi. Men Sivani uchratganimda Lutc ismli nemis darvozaboni (“Geylang Yunayted”) hamda Avstraliyaning “Sambavanga” nomli jamoasidagi Mirko bilan ishlardi.
2000 yilning iyulida Siva bilan birga Mirko va Lutcni kutib turib, xorvatiyalik Ivica Raguzani (“Vudlend”) ko'rib qoldim. U jamoadagi eng yaxshi futbolchilardan biri edi. Ajoyib, hujumkor futbolchi. Ikki kundan so'ng “Vudlend”ning “Geylang” bilan o'yini bo'lishi kerak. Siva “Geylang” g'alaba qozonishini, lekin Lutcning kamroq gol o'tkazib yuborishini istardi. Ivica jamoasining asosiy quroli hisoblanardi. Uni jamoadan olib tashlash Pirloni “Yuventus”dan olib tashlash bilan barobar. Usiz jamoa o'ynay olmasdi.  
Nima qilish zarurligi haqida o'ylay boshladik:

-   Uning oyog'ini sindirsak-chi? O'shanda jamoasi yutqazardi.

-   Bu ishni qilish uchun kimgadir 30 ming dollar taklif qilamiz, - dedi Siva.

Bu mening hayotimdagi xato qarorlardan biri edi. Biz bangladeshlik bir necha yigitlarni topib gaplashdik. Siva “stavka”lar bilan shug'ullanardi. “Oyoq ishi” bilan esa men shug'ullanishim lozim. So'nggi lahzalarda yigitlar aynib qolishdi: “U juda katta”. Barchasini o'zim qilishimga to'g'ri keldi. 


Singapurda ko'pchilik chim ustida hokkey bilan shug'ullanadi. Men o'zim bilan klyushka, sumka, kepka va qora ko'zoynak oldim. “Vudlend”ning mashg'ulot bazasiga borib, klyushkani burchakka qo'yib qo'ydim. Murabbiy bilan gaplasha boshladim. Bir chekkada Raguz bilan jamoadoshi Maks Nicholson mashg'ulotni tark etayotganini ko'rdim.

-   Mayli unda. Men boray, - dedim murabbiyga.

Klyushkani olib, poezdga chiqib Ivica va Maksni kutib turdim. Ularni kupesiga qarasam yana bir murabbiy birga o'tiribdi. Biroz o'tib, murabbiy chiqdi va boshqa tomonga ketdi.


Eplay olasanmi?” – dedim o'zimga o'zim. Siva “Geylang”ga “stavka” qo'yib bo'lgan. Men Ivicaga yaqinlashdim, bor kuchim bilan uning tizzasiga zarba berdim. U baqirdi va yiqilib tushdi. Maks ortga qaradi va do'stini tashlab qaergadir yugurib ketdi. Uni qochayotganini ko'rgan Ivica ham bir amallab turdi va yugurib ketdi. Oyog'iga hech narsa qilmagan. U ertangi o'yinda maydonga tushadi.
Ivicaning ortidan quvladim. U esa haqiqiy sprinterlardek qochardi. Maks policiyani chaqirgani ketdi shekilli. Ivicani uzoq vaqt quvlay olmasdim. O'sha payt menga velosipedda ketayotganlardan biri urilib keldi. Kepkamni echib, klyushkani otib yubordim. Keyin uyga jo'nadim.

Sivaga qo'ng'iroq qildim:

-   Amalladim. Maks barchasini ko'rdi. U qochib ketdi.

Trubkani joyiga qo'yib, do'stlarim bilan futbol o'ynashga chiqib ketdim. Ertasiga Ivica maydonga tushmadi, Sivaning “stavka”si yutib chiqdi. Lekin men o'z ulushimni olmadim. Keyingi kuni esa mahalliy gazetalar Ivica Raguzga kimdir hujum qilgani, lekin u odamning kimligini futbolchining o'zi ham bila olmagani haqida yozib chiqdi.

Ivica Raguz


Oradan bir qancha vaqt o'tib biz uning uyi oldidagi tamaddixonalardan birida o'tirardik. Kutilmaganda bizni qurshab olishdi. 30 yoki 40 nafar policiyachi bizni hibsga olishdi. Lutc va Mirko kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun qamaldi. Bizni tergov uchun boshqa-boshqa xonalarga olib kirishdi. Maks meni eslay olmadi. Velosipeddagi yigit boshqani ko'rsatdi. Ivica esa hech kimni eslay olmadi. 


Policiya meni Sivaga qo'ng'iroq qilganimdan so'ng taqib ostiga olgan. Bilishimcha, uning qo'ng'iroqlarini tinglashgan va biryo'la meni ham hibsga olishgan. Garov evaziga qutulib chiqdim. Pasportimni malumotlar bazasiga olib qo'yishdi. Mamlakatni boshqa hujjatlar bilan tark etishga harakat qildim. Lekin, Malayziya bilan chegarada meni tutib olishdi. Buning uchun bir yil muddat berishdi.

Qamoqxonada Lutcni uchratib qoldim. U qamoqdagi sharoitlardan nolirdi. Yuvunish uchun ham suv topish muammo bo'lardi. U bu masalada Germaniya elchixonasiga murojaat qilib, qo'shimcha suv olishga muvaffaq bo'ldi.
Siva esa qutulib qoldi. Germaniya elchisi uni ham hibsga olishni talab qildi. Qanday qilib pora bergan odam ozodlikda yurishi mumkin? Yakunda esa Sivaga: “Seni qamashimiz lozim. Hech bo'lmasa bir oyga”. Huddi tatildek edi. Uni Lutc bilan birga kirxonaga joylashtirishdi.

2001 yilning sentyabr oyida ozodlikka chiqdim. Sivaning oilasi uning qamalishida meni ayblardi. Men yana kimnidir hayotini buzmaslik uchun eski do'stlarim bilan bog'lanmaslikka qaror qildim. Ko'p narsa o'zgardi: “Jalan Besar”ni tamirlash uchun yopishdi. Bukmekerlar burchagidan asar ham qolmagan, o'yinchilar qaergadir g'oyib bo'lishgandi. Endi barcha internet orqali ishlarni amalga oshirardi. Men bu borada hech narsani tushunmasdim va ko'p narsada ishtirok eta olmasdim. CHunki mening kelishilgan o'yinlar tashkil qilishimni barcha bilardi. 


Pal mening g'oyam orqali ish qilishga harakat qilganini orqavarotdan eshitib qoldim. U “Barselona” va “Fenerbaxche” jamoalari o'rtasidagi o'yinda chiroqni o'chirish uchun kimgadir pul to'lagan. Vaholanki, u erda zaxiradagi generator ham mavjud bo'lgan. O'yin esa davom ettirilgan. Pal o'shanda 3 million ringitga tushgan. Men unga hatto qo'ng'iroq ham qilib o'tirmadim. Boshqa ish topishga qaror qilgandim. 


Kredit kartochkalardagi firibgarlik bilan shug'ullana boshladim. Avvaliga barchasi yaxshi ketayotgandi. Birozdan so'ng bu ham fosh bo'lib qoldi. O'sha vaqtning o'zida parkdagi janjal sabab policiyaga tushib qoldim. Oficer menga aql bilan ish tutishim lozimligini tushuntirib qo'ydi. Keyin qo'yib yuborishdi.

Tatilni Malayziyada o'tkazishga qaror qilgandim. CHegarada esa meni ushlab, policiya mahkamasiga jo'natib yuborishdi. U erda uch hafta bo'ldim. Navbatchilar meni ochiqchasiga mazax qilishardi. Advokat yo'llashga esa pulim yo'q edi. Mening gaplarimni hech kim eshitishni ham istamasdi.

Sudya ham xuddi prokuror bilan tanishib olgandek edi : “Bu lanati hech qachon odam bo'lmaydi. Yaxshisi unga besh yil muddat beramiz”. 


Oilam baribir men uchun advokat yo'llashga muvaffaq bo'ldi. U esa meni himoya qilishda sust harakat qilardi. Bank kartochkalaridagi firibgarlik uchun to'rt yil,  parkdagi janjal uchun esa unga qo'shimcha ravishda yana bir yil qo'shildi.

Yana qamoqdaman. Yaqinlarim ham mendan uzoqlasha boshlashdi. Otam bir martagina ko'rishga keldi. Singillarim yangi yil oldidan kelib turishardi. Faqat onam doimiy ravishda oldimga kelardilar. Keyin esa o'zim ularga ko'p ham kelavermaslikni iltimos qildim.
Onam menga yangiliklarni aytib tursa-da, tashqarida nima bo'layotganidan bexabar edim...

(Davomi bor...)


Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика