Rasman: "Buxoro" xorvatiyalik legionerni safiga qo'shib oldi
13 jan 19:56
Yangiliklar
Rasman: "Buxoro" xorvatiyalik legionerni safiga qo'shib oldi
Jamoa murabbiylari yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida mahoratli yarim himoyachi Frane CHiryak bilan shartnoma imzoladi.
"Malumot uchun, Frane CHiryak o'tgan mavsum Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida o'ynadi. Bundan tashqari, Xorvatiya, Bosniya va Gercegovina, Serbiya, Bolgariya, Ukraina, SHveycariya jamoalarida to'p tepgan. 29 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Frane CHiryak o'tgan mavsum "qaldirg'ochlar" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 1 ta golli pas uzatgan edi.
Fikrlar