Eksklyuziv: "Manchester Siti" "Lans"ga rasmiy taklif bilan chiqdi, Husanovning narxi yanada oshdi
10 jan 2025 01:52
Yangiliklar
Eksklyuziv: "Manchester Siti" "Lans"ga rasmiy taklif bilan chiqdi, Husanovning narxi yanada oshdi
"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni tarkibiga qo'shib olishga yaqin.
"Championat.asia" nashriga malum bo'lishicha, "shaharliklar" himoyachi borasida rasmiy taklif jo'natgan va unda Abduqodirni 50 mln evro evaziga sotib olishga tayyorligini bildirgan. Oldinroq "Lans" futbolchisini 40 mln evro evaziga sotishga tayyorligi borasida malumotlar berilgandi.
O'z navbatida insayder-jurnalist Fabricio Romano hozirgina qoldirgan posti orqali Husanovning "Siti"ga o'tishi ishlari yakunlanishiga oz vaqt qolganini yozib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Husanov "Lans"ga 100 ming evro evaziga transfer qilingandi. Ushbu mavsumda 20 yoshli futbolchi Franciya chempionatida 13 o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar