So’nggi yangiliklar

10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  0 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  4 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  28 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  9 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  88 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  20

"Barselona" "Real" darvozasiga 5ta gol urib Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Barselona" "Real" darvozasiga 5ta gol urib Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi

Birozdan so'ng Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Real" - "Barselona" o'yini yakunlandi.

Real Madrid – Barselona 2:5

13 yanvar, 00:00 | "King Abdullah Sports City"

Gollar: 1:0 – 5 Mbappe, 1:1 - 22 Yamal, 1:2 - 36-pen Levandovski, 1:3 - 39 Rafinya, 1:4 - 45+10 - Balde, 1:5 – 48 Rafinya, 2:5 – 60 Rodrigo.

Real Madrid – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 75), Ryudiger, Tchuameni (Modrich, 64), Vaskes (Asensio, 52), Kamavinga (Sebalos, 46), Valverde, Bellingem, Vinisius Junior (Braim Dias, 76), Rodrigo, Mbappe.

Barselona – SHchensni, Balde, Martines (Arauxo, 28), Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado, Gavi (Penya, 59), Rafinya (Ferran Torres, 79), Levandovski, Yamal (Olmo, 59).

Ogohlantirish: Kamavinga (35), Martines (45+8), Ryudiger (53), Vinisius Junior (55), Tchuameni (62), Asensio (77), Levandovski (77), Arauxo (87), Rafinya (89).

CHetlatish: SHchensni (56).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Barselona" o'tgan yilgi final uchun qattiq revansh oldi. Super o'yin uchun ikkala jamoaga rahmat aytamiz. Bunday o'yinlar juda kam bo'ladi. "Real" 5:1dan keyin o'yinni tashlab yubormadi, "Barselona" ham. Tezlik tushmadi, o'yinni tugatib qo'yish uchun o'ynashmadi. Bu taxsinga loyiq. Aynan shuning uchun ham bu jamoalar - dunyoning eng zo'rlari. "Barselona" - Ispaniya Superkubogi sohibi!

90+6. Ishonasizmi, shu qo'shimcha vaqtning o'zidayoq "Real" hisobni tenglashtirishga loyiq vaziyatlar yaratdi. Mbappening zarbasini Penya qaytardi.

90+4. Endi Ryudiger ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Yani, gol urish uchun imkoniyatni...

90+2. UXXXXXXXXXXX!!! Kunde darvoza yonida turgan Bellingemga "podkat" tashlab, to'pni oldi. Hamma bir zum penalti deb o'yladi.

90. O'yinga 8 daqiqa qo'shildi.

88. Rodri shu nuqtadan ham darvozaga tepdi. Kutilganidek, noaniq zarba.

87. Fol. "Barselona" jarima maydonchasi yonida, burchakroq tomonda Mbappe yiqitildi.

86. "Real" hujumga o'tdi. "Barselona" to'pni qaytardi. Burchakdan uzatilgan to'pni Bellingem darvozaga yo'naltirdi. Noaniq.

80. O'yin murakkablik darajasini sekin-sekin yo'qotmoqda. "Real" hujum qilishga harakat qilyapti. Lekin "Barselona" raqibni nazorat qilib turibdi.

"Barselona" o'tgan yilgi finalning alamini ikki hissa qilib olmoqda.

70. "Real" "Barselona" darvozasiga ancha yaqinlashdi.

64. Modrich o'yinga qo'shiladi. Muxlislar nolalarini eshitdi Anchelotti. Tchuameni o'yindan olindi. Bugun u chap yoni bilan turgan ko'rinadi.

62. Sariq! Tchuameni hozirgina o'yinga qo'shilgan Olmoni "chopdi".

60. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! RODRIIIIIII!!! Hisob qisqarmoqda! Super o'yin! Super jamoalar! Super futbolchilar!

56. QIZIL! SHchensni jamoasini ikkinchi goldan qutqarish uchun o'zini qurbon qildi.

55. Mbappeni yiqitgan SHchensniga qizil kartochka ko'rsatilishi kerakligini "Real" futbolchilari talab qilmoqda. Menimcha ular haq.

Aytgancha, bugun maydonda Tchuamenining akasi yoki ukasi yoki manekeni o'ynamoqda. 

Menimcha, beshinchisidan keyin "Real"chilarda og'riq tarqab ketgan. CHunki ular o'yinni ko'rmayapti-yov

48. Beshinchisi! Rafinya nimalar qilib tashladi. O'yinni tugatsak bo'lmaydimi desam, "Barselona" muxlislari meni ezg'ilab tashlashsa kerak-a?)

47. ZARBAAAAAAAA!! Rodrining kuchli zarbasini ustun qaytardi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- "Real" qaytmoqda! Maydonga qaytmoqda. Vahima qiladigan joyi yo'q.

Tanaffus!

45+10. Haaaaaaaa!!! Menimcha ikkinchi bo'limni o'tkazmasak ham bo'ladi. 4:1. "Real" pishdi-yov.

45+7. ZARBAAAAAAAAAA!! Kurtua to'rtinchisini o'tkazib yuborishni istamayapti. Baldening kuchli zarbasini qaytardi belgiyalik posbon.

45+5. UXXXXXXXX!! Valverdedan zo'r "podkat" ko'rdik. Agar Rafinya Federikodan ham o'tganida, barchasi birinchi bo'limning o'zida tugagan bo'larmidi...

Birinchi bo'limda 9 daqiqa qo'shildi-e. "YO tavbangdan ketay", degan gap esga tushib ketdi...

43. ZARBAAAAAAA!! Rafinyaning uzatmasidan keyin Kasado boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq. Futbolchining o'zi jarohat oldi.

"Barselona" bu o'yinga juda zo'r tayyorlanibdi. "Real"ni maydonning o'zida "pishirmoqda".

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Rafinya! O'yin yakunlanmagan bo'lsin-da)

38. XAVFLI VAZIYAT! Vaskesning zarba aralash pasini SHchensni ushlab oldi.

36. GOOOOOOLLLLLL!!! Levandovski "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiqmoqda!

35. PENALTI!!! "Barselona" mantiqiy ravishda hisobda oldinga chiqib olish uchun katta imkoniyatga ega!

33. UXXXXX!! "Barselona" futbolchisi "Real" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam VARni eshitsa kerak. Bu yaqqol penalti.

29. "Barselona" katta bosim uyushtirmoqda.

24. ZARBAAAAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pga Tchuameni boshi bilan zarba yo'lladi. SHchensnidan chiroyli seyv ko'rdik.

22. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Yamal "Real" jarima maydonchasida xohlaganini qildi va Kurtua darvozasini ishg'ol qildi! Mantiqan to'g'ri va adolatli gol!

Dastlabki 20 daqiqalikda to'pni ushlab turish bo'yicha ko'rsatkich: 17-83 foiz. Dahshat!

20. Gavi to'p uchun kurashda Mendidan ustun bo'la olmadi.

19. Burchakdan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Kasadoning zarbasi noaniq ketdi.

18. "Barselona" uzoq vaqt davomida pozicion hujum uyushtirdi. Pedrining zarbasi raqibiga tegib, maydondan chiqib ketdi.

9. UXXXXXX!! Rafinyaning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi. Zo'r vaziyat bo'lgandi.

5. GOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Sen urmasang, senga urishadi. "Real" qarshi hujumdan gol urib ketdi! Mbappeeeeeee! Donolar aytganidek: "Hech kimning davri yo'q, Mibappining davri keldi".

4. DAXSHAAAAATTTTT! Rafinyaning boshi bilan yo'llagan zarbasi erga bir sapchidi. Kurtua chiziq ustidan qaytardi. SHunday zarbalarni Kurtua PlayStation'da qaytarsa baqirar edim, nereal-ku deb.

2. ZARBAAAAAA!! Yamalning jarima maydonchasi tashqarisidan aylantirma yo'llagan zarbasini Kurtua qaytardi. Burchak zarbasi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun dunyoni ikkiga bo'luvchi o'yin. Startga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика