

Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis "Roma" rahbariyati va Franchesko Totti haqida ham gapirdi.
"Inter" bu yil trebl qayd etishga qodir. Albatta, umid qilamanki, ular buni uddalay olmaydi. Ammo jamoada bunday muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud", - dedi Mourinyu Corriere dello Sport nashriga.
Mutaxassis "Roma"ning amerikalik egalari - Den va Rayan Fridkinlar bilan munosabatlari haqida ham to'xtaldi.
"Agar Rimda Fridkinlar oilasi bilan uchrashib qolsam, hech qanday muammosiz xotirjam salomlashaman. Men umuman xafagarchilikni saqlab yurishni bilmayman.
Biroq Franchesko Tottidek afsona haligacha nima uchun "Roma" manfaati uchun ishlamayotganini chin dildan tushunmayman", - deya qo'shimcha qildi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu boshchiligida "Inter" 2009/10 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi, Italiya chempionati va mamlakat kubogida g'olib chiqib, trebl qayd etgandi.

Mourinyu 2024 yil yanvar oyida "Roma" bosh murabbiyi lavozimini tark etgan. Bunga klub egalari Den va Rayan Fridkinlar qabul qilgan qaror sabab bo'lgan.




