So’nggi yangiliklar

17:05Икки футболчи "Реал"ни тарк этиши мумкин  0 16:19Аёллар. "Севинч" "Қизилқум-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги-2025ни қўлга киритди  0 15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  6 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  2 13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0 12:39"Реал" Рюдигер билан музокара ўтказади  0 12:00TVCOM'да бугунги ўйинлар: А Серияда топ баҳс, “Реал” ва бошқалар  2 11:31"Челси" Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 11:05"Насаф" футболчиси "Қўқон-1912" жамоасининг тўлақонли аъзосига айланди  5 10:43Sofascore. Алиқулов кечаги учрашувда энг паст баҳони олди  4 10:20Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Нефтчи" билан шартномани узайтирди  3 09:52Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда  49 09:18"Насаф" "Қўқон-1912" футболчисини сотиб олди  1 08:44Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги ажойиб ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:18Самвел Бабаянга Андижон вилояти ҳокими томонидан минимум вазифаси қўйилди  13

Farruh Zokirov: "Biz hozirgi tarkibimiz bilan ham keyingi bosqichga chiqishimiz kerak" Yangiliklar

Farruh Zokirov: "Biz hozirgi tarkibimiz bilan ham keyingi bosqichga chiqishimiz kerak"

Ayollar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo Kubogi "S" guruhi 1-turidan o'rin olgan Filippin - O'zbekiston (3:3) bahsidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Farruh Zokirov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun terma jamoamiz saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi. Bugungi bahs haqidagi taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz. Bugun g'alaba qozonishimiz uchun nima etishmadi?

- Filippin terma jamoasi ham bugungi bahsga juda puxta tayyorgarlik ko'rgan ekan. Filippin jamoasi dastlabki uchrashuvda g'alaba qozongan edi. Tarkibdagi ayrim bir o'yinchilar ham yuqori mahoratli ekanligini ko'rdingiz. Biz ko'p vaziyatlarimizdan foydalana olmadik va shu sababli uchrashuv durang bilan yakunlandi.

- Terma jamoamiz ketma-ket yig'inlardan so'ng saralash musobaqasiga qanday holatda etib keldi? Futzalchilarimiz ayni damda o'zlarining eng yaxshi sport formasidami?

- Biz ushbu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Asosiy futzalchilarimizdan biri Gulzoda Amirova hali hamon tiklanish jarayonida. Biz hozirgi tarkibimiz bilan ham keyingi bosqichga chiqishimiz kerak.

- Bugungi uchrashuvda jamoamizda qanday kamchiliklar kuzatildi?

- Bizning o'yinchilarimiz bir xil holatda emas. Keyingi o'yinlarga qadar biz ikkita teng tarkibga ega bo'lamiz degan umiddaman.



Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Filippin bilan jangovar durang qayd etdi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика