So’nggi yangiliklar

19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  335 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  0 18:49Туркиялик дарвозабон терма жамоа ихтиёридан кетиб қолди. У асосий таркибга киритилмаганидан хафа  0 18:22Ўзбекистон U-14 терма жамоаси бу сафар Қозоғистондан енгилди  1 17:59"Ньюкасл" ФИФАдан 6,5 миллион фунт олади  0 17:22Зидан тарихдаги энг яхши жамоани айтди, бу "Реал" эмас  25 16:53МЮ "Арсенал" ва "Челси" қизиқаётган футболчи учун курашга қўшилди  0 16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  1 15:54Қишда "Нефтчи"ни қайси футболчилар эркин агент сифатида тарк этиши мумкин?   5 15:40Ўзбекистон – Уругвай учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  6 15:20Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Уругвайда жиддий йўқотиш  5 14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  10 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  3 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5

Lyudmila Karachik: "Birinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Lyudmila Karachik: "Birinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz"

O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi. Filippinga qarshi kechgan bahsdan so'ng etakchi futzalchimiz Lyudmila Karachik o'yin haqida savollarga javob berdi.

- Bugun milliy terma jamoamiz Osiyo kubogi saralash musobaqasidagi dastlabki o'yinni o'tkazdi. Afsuski, biz bugun g'alaba qozona olmadik, biroq bizda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Bugungi bahs haqida gapirib o'tsangiz?

- Bu o'yin O'zbekistonda bo'lib o'tdi va biz xotirjamroq bo'lishimiz kerak edi. Biroz koncentraciyani ham boy berdik. O'yin so'ngida esa, charchab qoldik.

- Raqibimiz haqida nimalar deya olasiz?

- Bugungi raqibimiz ham ancha yaxshi jamoa ekanligini ko'rdik. Ular biz kabi individual jihatlama kuchli futzalchilar ekan.

- O'yindan oldingi kutilmalar qanday edi? Bunga qadar Filippin jamoasi haqida qanday tasavvurga ega edingizlar?

- Biz ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Saralash bosqichida barcha jamoalar g'alaba qozonishga intiladi. Oson raqibning o'zi yo'q.

- Keyingi uchrashuvlarimizga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisizlar? Keyingi raqiblarimiz Avstraliya va Kuvayt terma jamoalari bo'ladi...

- Murabbiylarimiz bo'lajak raqiblarimizni o'rganib chiqishadi va ular haqida videomateriallar tayyorlashadi. Biz esa ularni ko'rib chiqamiz va raqib haqida aniq tasavvur ega bo'lamiz.

- Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechdi? 

- Barchasi alo darajada bo'lib o'tdi. Bizning maqsadimiz birinchi o'rinni egallash.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика