"Barselona" himoyachisi 5 haftaga safdan chiqdi
13 jan 2025 20:10
Yangiliklar
"Barselona" himoyachisi 5 haftaga safdan chiqdi
Kataloniya jamoasi markaziy himoyachisi Inigo Martines jarohat oldi.
33 yoshli futbolchi yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinning 28-daqiqasida almashtirilgan – ispaniyalik futbolchining maydondagi o'rnini Ronald Arauxo egallaganli. O'shanda tablo 1:1 hisobini ko'rsatib turgan bo'lsa, qolgan vaqtda "ko'k-anorranglilar" natijani o'z tomoniga og'dirishdi (5:2) va kubokni boshlari uzra ko'tarishdi.

Jurnalist Xavi Migel xabariga ko'ra, Inigo Martines jarohati sabab 5 hafta maydonga tusha olmaydi. Futbolchi CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining qolgan ikkita o'yini – "Benfika" va "Atalanta"ga qarshi bahslarda jamoaga yordam bera olmasligi aniq.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar