So’nggi yangiliklar

11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  1 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  0 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  17 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  4 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  118 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3

Kanchelskisning yuristi: "Murabbiy FIFA belgilagan jarimani kamaytirishga rozi, faqat "Navbahor"dan ham harakat bo'lishi kerak" Yangiliklar

Kanchelskisning yuristi: "Murabbiy FIFA belgilagan jarimani kamaytirishga rozi, faqat "Navbahor"dan ham harakat bo'lishi kerak"

Kecha "Navbahor" hamda Andrey Kanchelskis o'rtasida sodir bo'layotgan ziddiyatli holatga oydinlik kiritish maqsadida Kanchelskisning huquqlarini himoya qilayotgan "Sila" kompaniyasi yuristi Mixail Prokopec bilan suhbat olib bordik.

Demak, "Tezkor studiya"ning maxsus sonida yushtirilgan intervyuni matnli ko'rinishda etiboringizga havola qilamiz.





- "Navbahor" nega aynan 1 mln 600 ming dollar to'lashi lozim? Bu summa qaerdan paydo bo'ldi?
- Bu summa 2 qismga ajratiladi:
Birinchisi, to'lanishi lozim bo'lgan maosh. Ikkinchisi, kompensaciya. Bu uzoq muddatli shartnoma tomonlarning biri tomonidan buzilsa, to'lananadigan summa. FIFA shartnoma muddati tugaguniga qadar bo'lgan davrdagi maoshni to'lab berishni talab qiladi. SHuning uchun summa katta ko'rinmoqda. Bu qarz va to'lanishi shart bo'lgan puldir.

- Siz bir necha oy oldin championat.asia sayti rahbariyati orqali "Navbahor" klubiga ushbu masala yuzasidan murojaat qilganingiz rostmi?
- Ha, shunday. Men har doim o'z mijozlarimga ish sudga qadar etib borguncha narigi tomon bilan o'zaro kelishib olishlarini aytaman. Bu eng maqbul echim. Bizni shaxsan "Navbahor" futbol klubi bilan qandaydir shaxsiy muammomiz yo'q. Biz doimo kelishishga urinamiz. Biz masalani to'g'ri yo'l bilan echishga harakat qilgan edik. Afsuski, unday bo'lmadi.

- Nima deb o'ylaysiz, "Navbahor" nima uchun birinchi qadamni bosishni, yani sizga murojaat qilishni xohlamadi?
- Bilasizmi, buning uchun ikki tomon ham shuni xohlashi kerak. Faqat bir tomon xohlab, ikkinchi taraf buni istamasa, maqsadga erishib bo'lmaydi. Umid qilamanki, "Navbahor"da masalani hal qilish uchun xohish paydo bo'lgan. Bizda ham, Kanchelskisda ham klubga ziyon keltirish niyat yo'q. Biz ijobiy echim uchun, masalan, qandaydir muddat berishga, hammasiga tayyormiz. Fursatdan foydalanib aytmoqchimanki, biz kelishishga shaymiz va klub jabrlanishini istamaymiz.

- Dastlab Belenkov, endi Kanchelskis. Ayting-chi, "Navbahor"ning muammosi aynan nimada?
- "Navbahor"ning muammosini batafsil o'rganib chiqqanim yo'q. Ammo ushbu 2 ta konkret holatni misol qilib olsak, qandaydir moliyaviy to'siq bor. Siz malum bir shartlarga ko'ra kelishuv tuzsangiz, unga amal qilishingiz kerak. Unga hozir amal qilish lozim, ertaga, indinga yoki keyingi yil emas, aynan hozir. Hamma muammolar murabbiylarga maosh bermay qo'yishganda boshlangan. Biz klubni bir necha marta ogohlantirdik, ammo ulardan aytarli javob qabul qilib olmadik.

- Demak, Kanchelskis pul to'lanmagani uchun "Navbahor"dan ketganmi?
- Ha, bu pul o'z vaqtida to'lanmagani uchun bo'lgan.

- Qancha qarz bor edi o'shanda?
- FIFA shartnoma uzrli sabablarga ko'ra bekor qilinganda maosh to'lanmasligi 2 oydan oshmasligini so'raydi. Ammo muddat 2 oydan oshib ketgan.

- "Navbahor" klubi Andrey Kanchelskis ichkilik ichganini aytib o'tgandi. Murabbiy esa buni g'irt yolg'on dedi.
- Men "Navbahor"ni o'rnida bo'lganimda, qandaydir yolg'on malumotlarni tarqatishdan ko'ra u bilan uchrashib, kelishishga urinardim. Hozir ular "ichgan, raqsga tushgan va hokazo" (kuladi) degan gaplardan ko'ra amaliy ishni qilishlari foydaliroq. SHu orqali Kanchelskis katta puldan voz kechishi va murosaga kelishi mumkin. Ular Belenkov va Kanchelskis ishi bo'yicha sudda shikoyatlarini bildirishgan, sud esa birorta dalilni qabul qilmagan.

- "Navbahor" bilan tanish bo'lib ulgurdingiz. Klubning aynan qaysi vakili bilan suhbatlashgansiz?
- Bilasizmi, "Navbahor" juda qiziqarli klub. CHunki ular negadir menga qo'ng'iroq qilishmaydi. Ular mening tanishlarimga, hamkasblarimga murojaat qilishadi. Men klub vakili sanalgan kim bilandir gaplashganimni eslolmayman. Menga boshqa odamlar orqali aloqaga chiqishadi. Tanishlarim telefon qilib, "Navbahor" mana buni taklif qilyapti" deb aytishadi. Dasturingiz ("tezkor studiya" – championat.asia) orqali murojaat qilmoqchiman – men qo'rqinchli odam emasman. Aloqaga chiqishingiz mumkin. Mana saytingiz rahbarida ham raqamim bor. Men yashirinmayman. Ularda xohish bo'lsa, men bilan bog'lanishlari mumkin.

- "Navbahor" qaror yuzasidan apellyaciya bermoqchi. SHunday qilsa bo'ladimi?
- Ha, albatta. Lozanna sudiga murojaat qilishlari mumkin. Lekin Kanchelskis yarashishga tayyor bo'lib turgan bir paytda buni qilish yaramaydi. Birinchidan, klub apellyaciya bersa, bu masalani echolmaymiz. Ikkinchidan, bunga uzoq vaqt ketadi, "Navbahor" ortiqcha pul to'laydi, chunki butun summa uchun foiz olinadi. Qaytaraman, eng yaxshi yo'li – kelishish va yaxshi xayrlashish.

- O'zaro kelishish summasini aytolasizmi?
- Summani aniq aytishni xohlamagan bo'lardim. Ammo aytishim mumkin bo'lgani, murabbiy 30 foizdan oshiq summadan voz kechishga rozi. Bu yana muhokama qilinadi. U yarim million dollardan ortiq summadan kechishga tayyor. Hammasi klub muhokama kirishadimi yoki yo'q, shunga bog'liq.

- "Navbahor" o'z vaqtida to'lamasa nima bo'ladi?
- Foizlar ko'payib boraveradi va FIFA turli sankciyalar qo'llaydi. Dastlab yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yadi, keyin ochkolar olib tashlanishi mumkin.

- Klubdan ochkolar olib tashlandan keyin ham to'lov qilinmasa, keyingi jazo jamoani quyi divizionga tushirib yuborishmi?
- Ha, ochkolar olib tashlanadi va keyinchalik jamoa quyi divizionga tushirib yuboriladi. Lekin hech kim bunday bo'lishini xohlamaydi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика