"Arsenal" Jotaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
04 iyu 13:55
Yangiliklar


"Arsenal" Jotaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
"Arsenal" "Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota hamda uning ukasi, Portugaliyaning "Penafiel" klubi futbolchisi Andre Silvaning o'limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Sportchilar Ispaniyada avtohalokatda halok bo'ldi. Jota 28 yoshda, Silva esa 25 yoshda edi.
"Arsenal"dagi barchaning fikri Dioguning oilasi, uning do'stlari va "Liverpul" futbol klubiga aloqador bo'lgan barcha bilan. Ruhing orom olsin, Diogu", – deyiladi London klubi bayonotida.
Avvaloq Buyuk Britaniya bosh vaziri Diogu Jotaning o'limi haqida fikr bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar