Buyuk Britaniya bosh vaziri Diogu Jotaning o'limi haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2025, 13:31
Buyuk Britaniya bosh vaziri ser Kir Starmer matbuot uchun brifingda rasmiy bayonot berib, "Liverpul" hujumchisi Diogu Jotaning fojiali vafotiga izoh berdi.

"Mavzuni Jotadan boshlashga ijozat bering, chunki bu dahshatli yangilik. Ishonchim komilki, birinchi fikrlarimiz uning oilasi va do'stlari bilan.

Millionlab "Liverpul" muxlislari, futbol ishqibozlari shokka tushib qoldi. Bu dahshatli. Uning do'stlari va oilasi uchun qanchalik qiyin bo'lishini eslash biz uchun juda muhim", – dedi Starmer.

Avvalroq "Liverpul" 20-raqamni "muzlatgan edi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC