Ushalmay qolgan orzu: "Portu" Jotani qaytarmoqchi edi
08 iyu 16:50
Yangiliklar


Ushalmay qolgan orzu: "Portu" Jotani qaytarmoqchi edi
"Portu" prezidenti Andre Villash-Boashning malum qilishicha, klub 3 iyul kuni YTH tufayli hayotdan ko'z yumgan "Liverpul" hujumchisi Diogu Jotani qaytarish uchun harakat qilayotgandi.
"Agent Jorje Mendesh bilan Diogu Jotani "Portu"ga qaytarish ustida ishlayotgandik, ammo endi bu amalga oshmaydi. Biz uning 2026/2027 yilgi mavsum uchun transferi imkoniyatlarini muhokama qilgandik. Men Diogu Jotaning to'yiga borayotgan Jorje Mendesh orqali bu xabarni etkazishni muhim deb o'ylagandim. Bu barcha "Portu" muxlislarining ushalgan orzusiga aylanardi", – dedi Villash-Boash.
Jota "Pasush de Ferreyra", "Atletiko", "Portu" va "Vulverxempton"da faoliyat olib borgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar