

O'yin La-Korunyadagi “Abanka-Riasor” stadionida bo'lib o'tdi. Florian Badshtubner bosh hakamlik qilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Ferran Torres hisobni ochgan bo'lsa, 27-daqiqada mehmonlar himoyachisi Merxas Doski muvozanatni tikladi.
Ispaniya va Iroq terma jamoalari oxirgi marta 2009 yilgi Konfederatsiyalar kubogi doirasida to'qnash kelishgan edi. O'sha o'yinda Ispaniya termasi 1:0 hisobida g'alaba qozongan.
Jahon chempionati oldidan Iroq terma jamoasi Venesuela bilan (10-iyun kuni), ispanlar esa Peru bilan (9-iyun kuni) o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Hozirda Ispaniya terma jamoasi FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turibdi. Iroq milliy terma jamoasi esa ushbu ro'yxatda 57-pog'onadan joy olgan.



