Josh Kronke: "Arsenal" ECHLga qaytishni va APLda g'olib bo'lishni xohlaydi"
20 avg 2019 20:14
Yangiliklar


Josh Kronke: "Arsenal" ECHLga qaytishni va APLda g'olib bo'lishni xohlaydi"
"Arsenal" klubi xo'jayini Sten Kronkening o'g'li va klub direktori Josh Kronke jamoaning maqsad va vazifaoarini aytib o'tdi.
"O'ylaymanki, agar tashqaridan kelayotgan fikrlarga etibor berib, ommaning fikriga asoslangan holda rekord transferlarni amalga oshirsang, klub uzoqqa bormaydi.
APLda g'alaba qozonish uchun kurash har doim maqsadimiz bo'lib kelgan. SHuning uchun bu haqda muntazam gapiramiz.
APLda 6 ta buyuk klub bor. Lekin, afsuski ECHLga 4 ta yo'llanma beriladi. Albatta, moliyaviy erkinlik rol o'ynaydi. Siz sarflangan pulni qaytarib olishga va CHempionlar ligasida o'ynashni istaydigan futbolchilarni jalb qila olishingiz kerak bo'ladi. Bizning maqsadimiz u erga (ECHL) qaytish va APLda g'alaba qozonish", - deydi kichik Kronke.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar