Jon Terri kelasi mavsum "CHelsi" chempionlik poygasiga qaytishiga vada berdi
16 may 2016 00:11
Yangiliklar
Jon Terri kelasi mavsum "CHelsi" chempionlik poygasiga qaytishiga vada berdi
"Birinchi navbatda "Lester"ni va Ranerini chempionlik bilan tabriklamoqchiman. Men "Tottenxem" chempion bo'lolmay, "Lester" ushbu ishni uddalaganidan xursandman. Ushbu mavsum biz uchun og'ir o'tdi. "CHelsi" hozirda turnir jadvalida o'z o'rnida emas. Ishqibozlar bizlarni har doim qo'llab-quvvatlab kelishdi. Ularga buning uchun rahmat aytaman. Ishontirib aytamanki, kelasi mavsumda "CHelsi" chempionlik poygasiga qaytadi. Hozir men uchun juda hayajonli daqiqalar. SHu o'rinda ajoyib inson Gus Xiddinkka minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizning sizlar bilan bitta umumiy maqsadimiz bor. Men hozir shu haqida gapirib o'tdim. Men albatta jamoada qolishni istayman. Buni "CHelsi" va siz aziz muxlislar juda yaxshi bilasizlar", - deya o'z so'zini yakunlaydi Terri.
"Stemford Brij"dagi ishqibozlar esa shu paytda: "Jon Terri, seni jamoada qolishingni istaymiz", - deb baqira boshladi.
Fikrlar