JCH-2022 saralashi: Qatar – Afg'oniston uchrashuvini Aziz Asimov boshqaradi
04 sen 2019 15:50
Yangiliklar


JCH-2022 saralashi: Qatar – Afg'oniston uchrashuvini Aziz Asimov boshqaradi
Ertadan qitamizning bir qator shaharlarida Jahon chempionati-2022 saralash bahslari start oladi.
Qatar terma jamoasi ilk tur doirasida Afg'oniston bilan bahs yuritadi. Dohadagi “Jassim bin Hamad” stadionida o'tadigan o'yinni Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov hamda Alisher Usmonov yordam berishadi.
Qatar – Afg'oniston
Bosh hakam: Aziz Asimov (O'zbekiston).
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov (O'zbekiston), Alisher Usmonov (O'zbekiston).
Zaxira hakami: Ali SHaban (Quvayt).
Nazoratchi: Ismoil Adnan Alhafi (Iordaniya).
Komissar: Ka CHung CHan (Gonkong).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar