Hakim Fuzaylov: "Bugungi mag'lubiyat uchun hamma aybni o'zimga olaman"
03 iyu 00:22
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Bugungi mag'lubiyat uchun hamma aybni o'zimga olaman"
O'zbekiston Kubogi 1/8 finaldan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" (1:3) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.
- O'yin borasida hozir fikr bildirishni istamayman. Chunki bu chempionat o'yinlari bilan qo'shib hisoblaganda ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi. Futbolda shunday qoida bor: agar jamoa yutqazsa aybdor bosh murabbiy bo'ladi. Bugungi mag'lubiyat uchun aybni to'liq o'zimga olaman. Ortiqcha hech narsa gapirmoqchi emasman. Mag'lubiyatning eng birinchi aybdori menman. Vaziyatni o'rganamiz, o'z ishimni tahlil qilib chiqaman, qaerdadir xatoga yo'l qo'ydim deb o'ylayman. Iltimos, savol bermanglar boshqa gapirishni istamayman. Hammaga rahmat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar