Hakim Fuzaylov: "Bugungi mag'lubiyat uchun hamma aybni o'zimga olaman"

Administrator
3 iyul 2025, 00:22
O'zbekiston Kubogi 1/8 finaldan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" (1:3) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.

- O'yin borasida hozir fikr bildirishni istamayman. Chunki bu chempionat o'yinlari bilan qo'shib hisoblaganda ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi. Futbolda shunday qoida bor: agar jamoa yutqazsa aybdor bosh murabbiy bo'ladi. Bugungi mag'lubiyat uchun aybni to'liq o'zimga olaman. Ortiqcha hech narsa gapirmoqchi emasman. Mag'lubiyatning eng birinchi aybdori menman. Vaziyatni o'rganamiz, o'z ishimni tahlil qilib chiqaman, qayerdadir xatoga yo'l qo'ydim deb o'ylayman. Iltimos, savol bermanglar boshqa gapirishni istamayman. Hammaga rahmat.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia