

9 iyul kuni PSJ va "Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim final o'yinida to'qnashadi.
"Bu "Real"ni tahlil qilish qiyin. Taktik jihatdan Madrid klubi yangi jamoa va bu bilan bog'liq muammolar bor. Lekin ularda individual kuchli o'yinchilar bor. Menimcha, Xabi Alonso ajoyib jamoa qurmoqchi.
Bu o'zgacha bahs bo'ladi. "Real"ga qarshi o'yin bizning turnirda yaxshi ketayotganimizni anglatadi. Bizda motivaciya kuchli.
Ashraf Xakimi – shubhasiz, men mashq qildirgan eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri. Nunu Mendesh ham chap qanotda jahon darajasidagi o'yin ko'rsatmoqda", – dedi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike.



