Hakim Fuzaylov: "Beshta gol uradigan o'yinimizda uchta gol o'tkazdik"
26 iyu 23:21
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Beshta gol uradigan o'yinimizda uchta gol o'tkazdik"
Superliganing 14-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida qatnashdi.
"To'g'risini aytsam, uch ochkoni o'zimiz berib qo'ydik. Bu ochkolar bizniki bo'lishi kerak edi. Boshqa so'zlar topa olmayapman. Agarda "Andijon" vaziyatlar yaratib tashlab, ura olmayotgan bo'lganida, bu boshqa gap edi. O'zimizga o'zimiz qildik. Beshta gol urish o'rniga, o'z aybimiz bilan uchta gol o'tkazdik. Muxlislar oldida uzr so'rayman. Bunday o'yin bilan uch ochko olish kerak", - dedi Hakim Fuzaylov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar