Jaloliddin Masharipov: "Metallurg"ning himoyasi, bizning esa hujum chizig'imiz kuchli"
14 mar 2020 22:15
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Metallurg"ning himoyasi, bizning esa hujum chizig'imiz kuchli"
Bugun bo'lib o'tgan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.
Bellashuvda ustunlik to'liq "sherlar" tomonida bo'ldi. Jamoa etakchisi Jaloliddin Masharipov doimgidek faol harakatlari bilan ajralib turdi. Bahsdan so'ng maxoratli futbolchining fikrlariga quloq tutdik.
"O'yin oson bo'lmasligini bilgandik. Turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib olishimiz lozim edi. Raqibning xatolaridan foydalandik va ikkinchi bo'limda hisobni yiriklashtirdik. CHiroyli o'yin namoyish etdik, shunga yarasha g'alaba qozondik. O'tgan yilgi "Metallurg"ga qaraganda bu yilgisi kuchliroq deb o'ylayman. Zahiradan maydonga tushgan Murod Bobojonov ajoyib gol urdi, qaysidir manoda raqib o'yinini kuchaytirdi. Ularning himoyasi, bizning esa hujum chizig'imiz kuchli ",- dedi Masharipov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Fikrlar