So’nggi yangiliklar

22:13Зидан: "Мен қайтаман"  0 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  0 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  2 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   13 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  9 16:58Спаллетти Италия термасининг жаҳон чемпионатига чиқишига ишонади  3

Urugvayga qarshi o'yin oldidan Fabio Kannavaro nimalar dedi? Yangiliklar

Urugvayga qarshi o'yin oldidan Fabio Kannavaro nimalar dedi?

Ertaga O'zbekiston termasi Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Ushbu uchrashuv oldidan milliy termamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Biz bu erga kecha etib keldik va tiklanish mashg'ulotlarini olib bordik. Bu o'yin oldingisidan farqli bo'ladi. Chunki biz dunyoning eng yaxshi termalaridan, qolaversa, eng yaxshi murabbiylardan biriga qarshi o'ynaymiz. Albatta, bu qiyin bo'ladi. Lekin biz qo'rqmaymiz, o'zimizni ko'rsatishni istaymiz. Bu o'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, yuz foiz kuchimizni ishlatib, maydonda borimizni beramiz.

- O'tgan o'yindan keyin ko'proq to'pni nazorat qilish ustida ishlashimiz kerak dedingiz. Ertangi uchrashuvda ham terma jamoa ko'proq to'p nazoratiga etibor qaratadimi?

Bu o'zimizni ko'rsatish uchun juda yaxshi imkoniyat. Ko'proq to'pni nazorat qilishga etibor berishimiz kerak. Chunki to'pni raqibga berish kerak emas. O'yin davomida raqiblarga etiborli bo'lishimiz talab qilinadi. Umid qilamizki, ertaga ko'proq to'p nazoratimizda ko'proq bo'ladi.

- O'rtoqlik uchrashuvlarida qaysi raqiblar bilan to'qnash kelishni maqul ko'rgan bo'lardingiz? Masalan, ayrim murabbiylar kuchsizroq jamoalarga qarshi o'ynashni xush ko'radi, kimdir esa imkon qadar kuchliroq raqib bilan. Sizga qanday raqiblar tanlangani maqulroq?

Raqibni biz tanlamaymiz. Ertaga bizni jahonning eng kuchli termalaridan biriga qarshi o'yin kutib turibdi. Biz doimo shunday uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- So'nggi xorijlik murabbiy Srechko Katanec dastlabki bir yil davomida o'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijaga umuman etibor bermagan. Misol uchun, biz o'rtoqlik o'yinida Iordaniyaga 3:0 hisobida yutqazganmiz. Siz o'rtoqlik o'yiniga qanday nazar bilan qaraysiz? Natija muhimmi yoki o'yin sifati? Sizning javobingizdan kelib chiqib futbol muxlislari ham o'rtoqlik o'yinlaridan bo'lgan kutilmalar hosil qilib olishadi...

Yutqazganimizdan keyin bizni gullar bilan kutib olishadi deb o'ylamayman. Barchasi oddiy, biz natija haqida o'ylashimiz kerak. Bu o'rtoqlik o'yini, lekin katta kuch bilan mehnat qilish kerak. Hamjihatlikda, birgalikda ishlashimiz kerak.

- Urugvayga qarshi o'yinga bir nechta futbolchilar olib ketilmadi. Yaniy dastlabki uchrashuvda qaydnomadan o'rin olganlarning ayrimlari Malayziyaga kelmadi. Ushbu qarorga izoh bersangiz?

- O'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramasdan hamma narsani inobatga olishimiz talab qilinadi. Nimagadir tayyorlanish uchun bunday o'yinlar yaxshi imkoniyat. Chunki jahon chempionati vaqtida bunga vaqtimiz bo'lmaydi. Albatta, bu mening fikrim. Qolganlarning ham fikrini hurmat qilaman. Bizni uzoq safar kutib turibdi. Shu sababli biz barchasiga to'g'ri qarashimiz kerak. Futbolchilarni shuncha yo'lga olib borib, ularni charchatib, shunchaki mashg'ulot uchun olib kelish kerak emas. Oldimizda 8 oy vaqt bor, barchaning o'yinlarini to'liq kuzatamiz.

- Gattuzoning sizga aytgan gaplarini barcha bilib bo'ldi. Unga nima deya javob berdingiz?

- Hozirgi vaqtda bor etiborimizni ertangi o'yinga qaratganimiz yaxshiroq.

- Ko'pchilik Kapadze va sizning o'rtangizdagi munosabatlarga qiziqmoqda. Men jamoa ichida atmosfera yaxshi ekanligini ko'rdim. O'rtangizdagi munosabatlar haqida gapirib o'tsangiz?

- Hozirgi vaqtda bor etiborimizni ertangi o'yinga qaratganimiz yaxshiroq.


Abduvohid Nematov: - Murabbiyimiz takidlaganidek, tiklanish mashg'ulotini o'tkazdik. Xudo xohlasa, ertangi o'yinga tayyormiz. Albatta, bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Urugvay butun dunyoda o'z o'rniga ega termalardan biri. Murabbiylarimiz videolar orqali ularnin qanday futbol o'ynashini ko'rsatishyapti. Hozir hamma raqibning kuchli va kuchsiz joylarini biladi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.


Reyting: +17   

Fikrlar

+6   
12 okt 17:26:34
Bek Bek
Chigodaev boshchiligidagi U-16 oz uyimizda Ortoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 1-3 ga yutqazdi. O'FA sabab bormi Bu Chigodaevni ushlab turishlaringa ? nima sababdan 11 ta oyinda 10 maglubiyat 1 galabaga erishgan trenerni hozirgacha ishda qoldiryapsizlar ? Hop murabbiyni qoya turaylik , bu yegilgan 16 yoshlilar nahot murabbiysiz bolsa ham hech bulmasa 2 3 ga oyinda yutishi kerakku. Tarkib tuzishda ham korupsiya tanish bilish aralashganmi ? Keyingi U-17 Jahon chempionatiga bu tarkib chiqa oladimi ozi ? nahot shuncha maglubiyat ham sizlarni uygotmayapti ? Chigodaevni ishdan olib 16 yoshlilar sostavini qaytadan akademiyalardan saralab shakllantirishlaringni talab qilamiz. Muammo faqat murabbiyda emas futbolchilar ham Yurt shanini himoya qilishga nomunosib
+2   
12 okt 18:08:39
UFA bu UFA
Chogodayev degan vallomatni ishdan oldigan vatanparvar bormi? Yigitlarga vatan jamoasida oʻynayotcanini tushintirmaydigan murabiy komga kerak. Shunaqayam loqayd murabiy bormi olamda 11 oʻyin 10 ta magʻlubiyat sharmanda
+2   
12 okt 17:24:33
Begzod Khujanazarov
Kannavoroning o’yinga qay holatda yondashuvi va fikrlari yoqti. Shu haeakatlarini uyinchilarga sindirib amalda kursatsa, yaxshi natijalarga erishamiz Xudo hohlasa.
   
12 okt 21:42:19
Акрамжон Халилов
Саволни топиб беришни билиш керак, қачон ва қандай саволни рўпарада турган инсонни психологиясига қараб танлаш керак, Канавваро бировга баҳо бермайдиган одам экан, бу фақат ишини чин дилдан бажаришни хохлайли.
   
12 okt 21:41:34
Аваз Худойқулов
Эртанги ўйиндан кейин Каннаварога баҳо берамиз, эртага ғалаба қозонамизми, мағлубият бўладими ёки дуранг, шунга қараб баҳо берамиз, кичик ҳисобдаги ғалаба ёки мағлубият ёки дуранг ҳар ҳолда кейинги ўйинлар учун умид қилишимизга сабаб бўлса, 0:2 ёки йирик мағлубият Каннаварога кўплаб саволлар туғилишига сабаб бўлиши мумкин
   
12 okt 19:39:39
تعمورخن ومار خجا
Bek Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Chigodaev boshchiligidagi U-16 oz uyimizda Ortoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 1-3 ga yutqazdi. O'FA sabab bormi Bu Chigodaevni ushlab turishlaringa ? nima sababdan 11 ta oyinda 10 maglubiyat 1 galabaga erishgan trenerni hozirgacha ishda qoldiryapsizlar ? Hop murabbiyni qoya turaylik , bu yegilgan 16 yoshlilar nahot murabbiysiz bolsa ham hech bulmasa 2 3 ga oyinda yutishi kerakku. Tarkib tuzishda ham korupsiya tanish bilish aralashganmi ? Keyingi U-17 Jahon chempionatiga bu tarkib chiqa oladimi ozi ? nahot shuncha maglubiyat ham sizlarni uygotmayapti ? Chigodaevni ishdan olib 16 yoshlilar sostavini qaytadan akademiyalardan saralab shakllantirishlaringni talab qilamiz. Muammo faqat murabbiyda emas futbolchilar ham Yurt shanini himoya qilishga nomunosib
Muammo aynan murabbiyda oʻsha or nomussiz bollardi yigʻgan shu or nomussiz murabbiyda ustoz qanaqa boʻlsa shogirtxam shunaqa boʻladi
   
12 okt 18:12:23
NEWS 24
Bek Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Chigodaev boshchiligidagi U-16 oz uyimizda Ortoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 1-3 ga yutqazdi. O'FA sabab bormi Bu Chigodaevni ushlab turishlaringa ? nima sababdan 11 ta oyinda 10 maglubiyat 1 galabaga erishgan trenerni hozirgacha ishda qoldiryapsizlar ? Hop murabbiyni qoya turaylik , bu yegilgan 16 yoshlilar nahot murabbiysiz bolsa ham hech bulmasa 2 3 ga oyinda yutishi kerakku. Tarkib tuzishda ham korupsiya tanish bilish aralashganmi ? Keyingi U-17 Jahon chempionatiga bu tarkib chiqa oladimi ozi ? nahot shuncha maglubiyat ham sizlarni uygotmayapti ? Chigodaevni ishdan olib 16 yoshlilar sostavini qaytadan akademiyalardan saralab shakllantirishlaringni talab qilamiz. Muammo faqat murabbiyda emas futbolchilar ham Yurt shanini himoya qilishga nomunosib
Xar kimga ochko va gollar ulashuvchi U16 jamoamiz miyyasiga mag'lubiyat sohranit bolib bolgan
   
12 okt 17:45:50
Muxammadali Botirov
Bek Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Chigodaev boshchiligidagi U-16 oz uyimizda Ortoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 1-3 ga yutqazdi. O'FA sabab bormi Bu Chigodaevni ushlab turishlaringa ? nima sababdan 11 ta oyinda 10 maglubiyat 1 galabaga erishgan trenerni hozirgacha ishda qoldiryapsizlar ? Hop murabbiyni qoya turaylik , bu yegilgan 16 yoshlilar nahot murabbiysiz bolsa ham hech bulmasa 2 3 ga oyinda yutishi kerakku. Tarkib tuzishda ham korupsiya tanish bilish aralashganmi ? Keyingi U-17 Jahon chempionatiga bu tarkib chiqa oladimi ozi ? nahot shuncha maglubiyat ham sizlarni uygotmayapti ? Chigodaevni ishdan olib 16 yoshlilar sostavini qaytadan akademiyalardan saralab shakllantirishlaringni talab qilamiz. Muammo faqat murabbiyda emas futbolchilar ham Yurt shanini himoya qilishga nomunosib
Islom Ismoilov jamoasi ham Adashmasam urtoqlik uylarida kupincha yutqizib qoʻygan edi huddi 2011 yilgi Osiyo chempionatidan oldin Vadim Abramov jamoasiga uxshab ular ham barcha urtoqlik uyinlarida yutqazishgan va Chempionatda yarim Finalga chiqqan edi
   
12 okt 17:42:41
Muxammadali Botirov
Kannavaro suzlari uyin tugaganidan keyin kuramiz uzgaradimi yoki yuq Katanez shunaqa edi lekin natijasi yaxshi edi katanezni nima bulganda ham omad Kannavaroga yaxshi murabbiy kulib yurarkan faqat
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика