So’nggi yangiliklar

20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   2 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  0 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  0 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   10 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  7 16:58Спаллетти Италия термасининг жаҳон чемпионатига чиқишига ишонади  3 16:39Килиан Мбаппе: "Роналду - энг зўри"  21 16:14"Барселона" Левандовски борасида бир қарорга келди  1 15:50Тарихда илк бор ўзбекистонлик футбол мутахассислари ФИФА қўмитасига тайинланди  130 15:21Стивен Жеррард собиқ жамоасини бошқаришни истамади  0 14:54Юлиан Нагельсманн Виртцни мақтади  0

O'zbekiston terma jamoalari yig'ini: Qaysi klubning xissasi kattaroq? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoalari yig'ini: Qaysi klubning xissasi kattaroq?

Muhim mavzu tahlili.

O'FAning erkaklar futbolidagi terma jamoalari soni 7 ta bo'lib ilk marotaba barcha terma jamoalar bir vaqtda yig'in o'tkazadigan holatga duch keldi. Mazkur 10 kunlikda deyarli barcha yoshdagi terma jamoalarimiz jam bo'ldilar. Shu erda menda O'zbekiston Superligasi va PRO Ligasida ishtirok etuvchi jamoalarining terma jamoalarga qo'shayotgan xissasi haqida maqola tayyorlash g'oyasi tug'ildi.


Ro'yxat oktyabr oyidagi mashg'ulot o'yinlaridan kelib chiqib shakllantirilganini ham hisobga olasiz. Boshqa oylardagi nomlar so'nggi ro'yxatda bo'lmasligi mumkinligi haqida ogohlantirib o'taman. 


Ro'yxatimizning birinchi pog'onasida "Paxtakor" joy oldi. Chetdan qaragan kishi uchun so'nggi ikki yildagi natijalari tufayli "Paxtakor"ning ishi yaxshi emas. Ammo jadval poytaxtliklar oxirgi yillarda qanday sifatli ishlaganini ko'rsatib turibdi. MTJni hisobga olmaganda turli terma jamoalarda 24 nafar futbolchi bor, aslida uchinchi o'rinda turgan "MobiUz"dagi 2005 yilda tavallud topgan futbolchilarning yarmi ijara asosida "Paxtakor"dan ketgan o'yinchilar. Shu bois jamoaning OTJ ro'yxatida faqatgina bir futbolchini ko'rishingiz mumkin. 



O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbon bo'lishi ortidan, Jahongir Ortiqxo'jaevni "Paxtakor" akademiyaga beradigan etibori ikki karra oshishiga ishonamiz.


Ortiqxo'jaevning yoshartirish siyosati ortidan akademiya murabbiylari va selekciyasiga etibor oshgani, ro'yxatdagi futbolchilar soniga ijobiy tasir qilgan. Lekin qilinishi kerak bo'lgan ishlar ham yo'q emas. 2010 va 2011 yilda tavallud topgan futbolchilar terma jamoalarda boshqa yillarga qaraganda sezilarli kam. Buning asosiy sababi jamoani Chilonzordagi infrastrukturasi tufayli. 


Reytingimizning ikkinchi pog'onasida "Bunyodkor" joy olgan. Ular uzoq yillar davomida shu o'rinda turgan "Nasaf"ni akademiyaga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirish ortidan quvib o'ta oldilar. "Paxtakor"dan farqli ravishda "qaldirg'ochlar"ning kichik yosh toifalaridagi murabbiylari ancha sifatli faoliyat olib bordilar. "Bunyodkor" bazasi har qanday yaxshi ish uchun to'liq imkoniyatlarga ega infrastruktura ekanligi hech kimga sir emas. Akademiyaning o'zi uchun 3 ta suniy 1 ta tabiiy maydon, zal, basseyn va trenajer zali yana 200 nafarga mo'ljallangan zamonaviy yotoqxonasi borligi, ko'plab istedodlarni kashf qilish uchun poydevor.



Miraziz Mirzahmedov bejizga "Bunyodkor" murabbiyi sifatida 2011 yilda tavallud topgan terma jamoamizga bosh murabbiy bo'lmadi. So'nggi 3 yil davomida u yosh "qaldirg'ochlar"ni O'zbekistondagi eng kuchli jamoaga aylantira oldi. 


Hamrobekovni Eronga yo'l olishi ortidan (aslida u ham yaqinda jamoaga kelgan edi) MTJ ro'yxatida "Bunyodkor"dan hech kim qolmadi. So'nggi yillarda chempionlik poygasidan chetda qolayotgan jamoaning safidagi jamoaga bugun terma jamoa chetdan qarayotganligi fakt. O'zbekiston U-14 terma jamoasida esa rekord darajada, 8 nafar futbolchini ko'rishimiz mumkin. Maqola yozish jarayonida surishtirib bildimki, 2011 yillar terma jamoasi bosh murabbiyi allaqachon O'zbekistondagi eng yaxshi futbolchilarni selekciya qilishga ulgurgan. Shuning uchun ham bu yoshdagi terma jamoada "Bunyodkor"dan yaxshi o'yinchilar ancha ko'p ekan. 


Uchinchi o'rinda "MobiUz" turgani bilan, ularning juda ko'plab futbolchilari aslida ijara asosida PRO Liga jamoasida to'p tepayotganini bilamiz. Olimpiada o'yinlari uchun tuzilgan jamoada, tabiiyki OTJ futbolchilari ko'proq. Bu jamoa kelasi mavsum Superligaga chiqa olmasa futbolchilar bilan nima bo'lishini bilmaymiz. Shuning uchun bu klub haqida yil oxirigacha yozmay turamiz, qolganini vaqt ko'rsatadi.


Kuni kecha Zafar Xolmurodovni "Nasaf" U-21 jamoasidagi natijalari ortga ketib qolganligi uchun o'z vazifasidan ozod etilganligi haqidagi xabar chiqdi. Aslida muammo Xolmurodovdami degan savol bor. Chunki so'nggi yillarda "Nasaf" akademiyasining sifati keskin tushib ketgan. Biz avvallari har bir yosh toifasidagi terma jamoalarning etakchilari "Nasaf" futbolchilari ekanligiga o'rganib qolgan edik. Hozir esa "Nasaf" bu sifati bilan maqtana olmaydi. OTJ dan tortib, eng kichik yosh toifasidagi terma jamoalar ro'yxatida aynan mana shu yig'inda biroz o'yinchi ko'payganini ko'rdim. Avvalgilarida ancha kam bo'lgan va bu chaqirilganlar ham terma jamoalarning etakchilari emas. Tabiiyki bunday pallada U-21ning natijasi ham ortga ketadi. Chunki unga futbolchi tarbiyalab beradigan bazada sifat bo'lmasa, katta jamoada ham unum bo'lmaydi. 



"Nasaf" muammoni tubdan hal qilgani maquldek. Buni statistika ham ko'rsatib turibdi.


Agar "Nasaf" mazkur holatlarga adekvat baho berib vaziyatni o'nglamasa, yakunda "Mashal"ning kuni boshiga tushmasligiga hech kim kafil bo'lmaydi. "Mashal" bir paytlar yulduzlar fabrikasiga aylangan, "Bunyodkor", "Mashal", "Paxtakor" 1995-1996 yillarni yaxshi etishtirib bergandi. Keyin estafeta "Nasaf"ga o'tdi. Endilikda bu ham boy berilmoqda, buning sababi raqobat yana katta sahnaga chiqyapti. "Bunyodkor" infratuzilmasini yaxshi qilib olib akademiyaga urg'u berdi. "Paxtakor" odatdagidek o'z ishini qilib keladi. "Lokomotiv" akademiyasini tizmli ravishda rivojlantirishga bel bog'lagan. Endilikda Qashqadaryo klublari akademiyalari ko'pchilik bilan kuch sinashishlariga to'g'ri keladi.


Yaxshi o'sishga "Lokomotiv" va "Surxon" jamoalari erishdi. To'g'ri, ular bugun tepadagi gigantlar natijasini qayd etmayaptilar. Bu ikki jamoaning avvalgi yillardagi natijalariga taqqoslaydigan bo'lsak o'sishni ko'ramiz. O'sish bu har doim ortga qadam tashlashdan yaxshi. Qolaversa, "Lokomotiv" futbol maktabi uchun stadion  qurgani va viloyatdan keladigan istedod egalariga  yotoqxona ajratgani ham ularning ishiga ijobiy tasir qildi. Qolaversa, bolalar futbolida o'z o'rniga ega Dilshod Nuraliev ham oldinga siljish bo'la oldi deb aytgan bo'lardim.


"Neftchi"dagi bugungi vaziyat tufayli MTJda futbolchilar paydo bo'ldi. U-17 jamoasiga jalb qilingan futbolchilar ham yaqinda keldilar. Jadvaldagi 5 nafar futbolchi bilan aldanish kerak emas. Yaqinda saytimizda jamoa akademiyasiga qabul boshlangani haqida xabar chiqdi. Kech bo'lsada ish boshlandi. Afsuski ancha yil klub vaqtini bekor o'tkazganini jadval orqali ko'rishimiz mumkin. 


Vodiyning yana ikki jamoasi "Navbahor" va "Andijon"ning ham ishlari yaxshi emas. Bundan tashqari oxirgi yillarda O'FAning tashabbusi bilan xududiy futbol akademiyalari jonlandi. Bu akademiyalarning jamoalari Birinchi ligada ishtirok etmoqda. Kichik yosh toifasidagi terma jamoalarda "Jizzax FA", "Toshkent FA", "Sirdaryo FA", "Do'stlik", "Oqtepa" jamoalaridan ham selekciya qilingan. Lekin ularga "Paxtakor", "Bunyodkor"ga etib olish uchun ancha vaqt va mehnat kerak bo'ladi. Ko'pchilikda savol tug'iladi, nima uchun murabbiylar faqat "Paxtakor", "Bunyodkor"dan futbolchi oladi? Bu erda hamma gap selekciyada, o'sha klub murabbiyi, selekcioneri viloyatlarni kezib eng yaxshilarini olib kelgan, bu erda ular yanada yaxshiroq sharoitda tayyorgarlikdan o'tgan va saralanib terma jamoaga etib kelgan. "Paxtakor" bir necha yillar oldin 2001 yillarni boy bergach yana to'g'ri yo'lga qaytdi. Futbolda muhimi sifat, sifat bo'lsa natija tabiiy ravishda suv yuziga qalqib chiqadi. So'nggi yillarda "Qizilqum" va "Dinamo"da ham U-21 jamaoalarida o'sish kuzatildi, navoiyliklar yoshlar siyosatini yaxshi yo'lga qo'yib olsa Oston O'runov, Jasur Jaloliddinovlar, Nikolaev, Shishelovlar yana shu erdan chiqib keladi. 


Qisqasi, davlat byudjetidan foydalanadigan jamoalarning qaysi biridan O'zbekistonga foyda tegyapti, qaysi biridan yo'q savoliga quyidagi jadval javob bo'la oladi deb o'ylayman.



Etibor qilasangiz kichik yosh toifadagi terma jamoalarda ham legionerlar paydo bo'la boshlayapti. Albatta bu yoshlar futbolidagi o'sish bilan bog'liq. Faqat FIFA qonunlariga ko'ra 18 ga to'lmagan futbolchini boshqa davlatda o'ynay olmasligi, bizdagi legionerlar soniga tasir o'tkazmay qolmaydi. Shunda ham, qator hujjatlarni to'plagan holda, uzoq vaqt ketkazib qonuniy yo'l bilan licenziya olayotganlar ham bor. Ulardan biri Xayrulla Ergashev bo'lib, 2008 yilda tavallud topgan pleymeker. Ayni paytda futbolchimiz Germaniyaning "Rot Vays" jamoasining asosiy tarkib futbolchisi. 2011 yilda esa Firdavs To'xtaboev. Turkiyadagi bu futbolchimiz Otabek Shukurov faoliyat olib borgan "Fatix Karagumryuk" jamoasining U-15 jamoasida vinger ampluasida to'p tepadi. Bu ro'yxatdan o'rin olmagan futbolchilar ichida "Paderbon" akademiyasining asosiy futbolchisi, 2010 yilda tug'ilgan Islom Abduraxmonov ham bor. U U-16 Bundesliganing asosiy tarkib futbolchisi. OTJdagi Muhammadali O'riboevni hammangiz yaxshi bilasiz. 


Reyting: +3   

Fikrlar

+6   
12 okt 11:50:49
Zohidjon Usarov
Хамма пул Тошкентга окиб боряпти пул бор жойда хамма нарса ривожланаверади.
+4   
12 okt 15:17:20
nerazzuri
Navbahor2018 foydalanuvchining fikriga javob berish
Вилоятлардаги академиядаги талантлик болларни пахтакор ва бунёдкор академиядагилар олиб кетавергандан кейин вилоятдларда талантлар кам колябтида. Тахлилни бошкача килинг термада уйнаётган боллар кайси вилоятданлигини тахлил килинг. Ёш йигитларни термада уйнайсан бизда имконият куп деб тошкентга олиб кетишябтида. Утган йилги U-16 Зборнийда Исмоилов тренерлигида (арабларни ютган уйинда) навбахор академиядан 3 та бола асосийда уйнаган. Капитан каманда хатто навбахор академия тарбияланувчиси булган. Балки хозирги кунда уша 3 та болани пахтакор олиб кетгандир. Хулосам шуки сиз махтаётган пойтахт академиялари купол килиб айтганда вилоятлардаги талантли болларни угирлаб олиб кетяптида кейин бизни академиямиз тарбияланувчиси деб махтанишяпти.
Тошкентда камфорт ва Пул бор хамма жавоб шунда ука , Бир вактлар Одил Ахмедов хам Навбахор академисига Дадаси билан борганда рахбарият Яхшига Пул сураган экан , Яхщи хам Одил Пахтакорга келган Булмаса Наманган - Тошкент Такси килиб юрган буларди ёки Рассияда бирор стройкада буларди , Ха айтганча Навбахорда болалар мураббий ойлиги турт миллон сум экан бу хам пластика булиб тулайди , А Пахтакорда эса ун беш миллион дан бошланади да , фарк бор а.
+4   
12 okt 11:39:36
Ўзбек футболининг муҳлиси
Ҳа энди 2000-йиллардан бошлаб Терма жамоа ўзаги Пахтакор орқали шакллантирилгандан кейин Пахтакор биринчи ўринда бўлади-да!
+3   
12 okt 12:36:43
Navbahor2018
Вилоятлардаги академиядаги талантлик болларни пахтакор ва бунёдкор академиядагилар олиб кетавергандан кейин вилоятдларда талантлар кам колябтида. Тахлилни бошкача килинг термада уйнаётган боллар кайси вилоятданлигини тахлил килинг. Ёш йигитларни термада уйнайсан бизда имконият куп деб тошкентга олиб кетишябтида. Утган йилги U-16 Зборнийда Исмоилов тренерлигида (арабларни ютган уйинда) навбахор академиядан 3 та бола асосийда уйнаган. Капитан каманда хатто навбахор академия тарбияланувчиси булган. Балки хозирги кунда уша 3 та болани пахтакор олиб кетгандир. Хулосам шуки сиз махтаётган пойтахт академиялари купол килиб айтганда вилоятлардаги талантли болларни угирлаб олиб кетяптида кейин бизни академиямиз тарбияланувчиси деб махтанишяпти.
+2   
12 okt 14:34:16
Тохир Гайибов
Э, сан факат пахтакорни мактайдиган мавзуларни ахтаракансанда,махаллийчиликни таргиб килма, у командадан куп,бундан кам деб. МТЖга келгандан кейин командасиниям,вилоятиниям унутиб,хамма битта байрок остида бирлашади,тушундингми,абдидазиз?
+2   
12 okt 13:44:18
Dilmurod Karimov
Navbahor2018 foydalanuvchining fikriga javob berish
Вилоятлардаги академиядаги талантлик болларни пахтакор ва бунёдкор академиядагилар олиб кетавергандан кейин вилоятдларда талантлар кам колябтида. Тахлилни бошкача килинг термада уйнаётган боллар кайси вилоятданлигини тахлил килинг. Ёш йигитларни термада уйнайсан бизда имконият куп деб тошкентга олиб кетишябтида. Утган йилги U-16 Зборнийда Исмоилов тренерлигида (арабларни ютган уйинда) навбахор академиядан 3 та бола асосийда уйнаган. Капитан каманда хатто навбахор академия тарбияланувчиси булган. Балки хозирги кунда уша 3 та болани пахтакор олиб кетгандир. Хулосам шуки сиз махтаётган пойтахт академиялари купол килиб айтганда вилоятлардаги талантли болларни угирлаб олиб кетяптида кейин бизни академиямиз тарбияланувчиси деб махтанишяпти.
Aka, o'sha bollar o'zini viloyatida qolsa, Toshkentda rivojlanganday o'sa oladimi? Masala qaysi viloyatdan ekanligida emas, balki qayerning tizimi yaxshi ishlayotganligida.

Poytaxtga ko'proq e'tibor beriladi-da deyish boshsqa masala. Bu e'tirozni farzandini o'sishini xohlayotgan ota-onaga emaals, futbolimiz tepasida turganlarga beriladigan savol.

Oxirgi savol: Imkoniyatingiz bo'lsa, farzandingizni viloyatda qoldirasizmi yoki poytaxtga olob kelasizmi?
+1   
12 okt 16:23:20
nerazzuri
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Одил Локомотивга келган Навбахордан. Буни купчилик унутиб куяди негадир...
Буни биламиз лекин локода деарли йук хисоби шунга гапни чузиб утирмадимта.
+1   
12 okt 12:07:24
Sayfuddinovich86
2 yildan beri o'rtamiyonalar orasida yurgan komandadan 9ta!!! futbolchi chaqirilgani, termaning oldingi murabbiyi qayerda ishlamoqchi ekanligini ko'satadi.
+1   
12 okt 11:44:44
Мирзохид Мадаминов
Насафда манимча 3 тамас 5та мтжда бор уйинчиси.
нематов
насруллаев
Эшмуродов
Давронов
Норчаев
+1   
12 okt 11:30:20
Bekzod Sharipov
Ajoyib tahlilit maqola bo'libdi. Rahmat.
   
12 okt 18:29:52
ЮВЕНТУС-10
Ким чикарган бу маколани махаллийчилик миллачи инсон бунакаларни борлигидан булмагани яхши
   
12 okt 18:26:05
Akmalxon Saidov
Хожиакбар Алижонов 18 та хато 4 та голни сабабчиси Шерзод Насруллайев 15 хато 3 та голни сабабчиси
   
12 okt 18:03:14
Muxammadali Botirov
Germaniyada 2 yoshlarimiz bir ekan agar Ular uz urnilarinini topib ketsa Ana unda kelajakda Uzbek futboli yanada usadi
   
12 okt 17:44:44
Shodi Odilov
PFK HAQIQAT foydalanuvchining fikriga javob berish
Aka mashal 2017 yili 7 oʻrinda tugatgan. 7 oʻrindagi jamoani pro ligaga uloqtirgan.
хм....
   
12 okt 16:57:13
PFK HAQIQAT
Shodi Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
биринчидан мтж ни 70 фоиз уйинчиси насаф ва машъал тарбиянувчилари ,иккинчидан машъални синишига тепадаги буйрук сабабчи яъни 10 уриндаги жамоани биринчи лигага тушириб юборишганди☝️
Aka mashal 2017 yili 7 oʻrinda tugatgan. 7 oʻrindagi jamoani pro ligaga uloqtirgan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика