So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  7 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  27 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Jahongir Jiyamurodov: "SHogirdlarimda o'z kuchiga bo'lgan ishonch etishmadi" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "SHogirdlarimda o'z kuchiga bo'lgan ishonch etishmadi"

Bugun, O'zbekiston kubogi birinchi bosqichida "Zomin" jamoasi Toshkentda "Oq-tepa" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuv davomida tengma-teng kurash olib borgan "Zomin" jamoasi yakunda alamli 0:2 hisobidagi mag'lubiyatga uchradi. Bahsdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda harakatlarimiz o'xshadi. Raqibning hujumlariga turib bera oldik. Lekin, ikkinchi bo'limning 60-daqiqasidan so'ng toliqib qoldik va gol o'tkazib yubordik. "Oq-tepa" bizga qaraganda tayyorgarlikni ertaroq boshladi, o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdi. Biz esa yig'ilganimizga 10 kun bo'ldi. Karantinda futbolchilar sport formalarini yo'qotishgan. O'yinga suniy qoplamali maydonda tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun tabiiy maydonda o'ynashimizni kutmagandik. Ikkinchi taymning yarimidan so'ng futbolchilarda o'z kuchiga bo'lgan ishonch va ko'zlaridagi ishtiyoq yo'qoldi, qo'rqishdi. Ishonch etishmadi ularga. Bu xatolarni ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz. CHunki, chempionatda ham yana shu jamoa bilan o'ynaymiz. O'ylaymanki, Pro ligada maksimal natija qayd eta olamiz",- deydi Jahongir Jiyamurodov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика