Jahon chempionatiga boradigan osiyolik hakamlar uchun seminar tashkil etildi
08 may 2018 12:52
Yangiliklar
Jahon chempionatiga boradigan osiyolik hakamlar uchun seminar tashkil etildi
Malumki, JCH-2018da OFKdan jami 17 nafar hakam ishtirok etadi. Ulardan 6 nafari bosh hakam, 10ta qanot hakami va bir nafar video assistent hakam. Seminarda OFK hakamlar qo'mitasi rahbari CHung Mong Gyu so'zga chiqib shunday dedi:
- "Biz jahon chempionatida ishlaydigan osiyolik barcha hakamlar bilan faxrlanamiz. Jahon chempionatlari tarixida birinchi bor OFKdan katta guruhdagi hakamlar brigadasi ishtirok etadi, bu esa osiyolik hakamlar reytingi jahon miqyosida ko'tarilayotganini bildiradi. O'ylaymanki, 15 iyul kuni o'tkaziladigan final bahsini boshqarish bizning hakamlarga ishonib topshiriladi".
Hakamlar uchun navbatdagi seminar mundial boshlanishiga 10 kun qolganida Moskvada tashkil qilinadi. Xabaringiz bor, JCH-2018da bizdan uch nafar hakam - Ravshan Ermatov, Abdulhamid Rasulov va Jahongir Saidov o'yinlarni boshqaradi.
Fikrlar