O'zbekistonlik mutaxassis bugun YCHL finalida faoliyat olib boradi

admin
30 may 2026, 12:24
OFK Professional futbol boshqarmasi menejeri Zohirbek Akramxonov ayni paytda Vengriya poytaxti Budapeshtda bo'lib turibdi.

O'zbekistonlik mutaxassis UEFA Chempionlar Ligasi finalida ishlaydigan rasmiylar guruhiga kiritilgan. U OFK va UEFA o'rtasida hamkorlik memorandumi asosida Chempionlar Ligasi finalida faoliyat yuritmoqda.

U ayni paytda PSJ va “Arsenal” o'rtasidagi o'yinning tashkiliy ishlari, rasmiy tadbirlarini o'tkazishda ishtirok etmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Akramxonov o'tgan yili KONKAKAF ayollar Chempionlar Kubogi finalida ham faoliyat olib borgan edi.

Eslatib o'tamiz, “Pushkash Arena” mezbonlik qiladigan bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia