2027-2028 yilgi mavsumda O'zbekiston klublari xalqaro maydonda nechta o'ringa ega bo'lishlari e'lon qilindi

19 may 2026, 08:07
O'zbekiston 2027/2028-yilgi mavsumda ham 3 ta kvotaga ega bo'ladi.

OFK biroz avval keyingi yil uchun kvotalar taqsimotini e'lon qildi.

Unga ko'ra 2027-yil kuzda boshlanadigan Elit OCHLda 1+1, OCHL 2 musobaqasida esa 1 ta klubimiz ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, bu yil kuzda boshlanadigan xalqaro musobaqalarda ham O'zbekiston xuddi shunday kvotaga ega.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Osiyo maydonlarida O'zbekiston sharafini "Neftchi", "Paxtakor" va "Nasaf" himoya qiladi.

photo_2026-05-19_08-02-10.jpgphoto_2026-05-19_08-02-11.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: https://t.me/PenaltyNarzulla