So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  4 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Ivan Boshkovich: "O'yindan oldin bizda malum reja bor edi. Bu rejani ishladi desa ham bo'ladi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "O'yindan oldin bizda malum reja bor edi. Bu rejani ishladi desa ham bo'ladi"

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun ikki ochko yo'qotdik. Bizda o'yindan oldin malum reja bor edi, bu rejani ishladi desa ham bo'ladi. Biz bunday o'yin bo'lishini, qarshi hujumlarda harakat qilishimizni kutgandik. Boshida hayajon bo'ldi, ammo yigitlar bunga chidashdi. O'z vaziyatlarimizga ega bo'lishimizni bilgandik. Ikkinchi bo'limda birga-bir vaziyat yuzaga keldi. Bu albatta futbol, men o'sha vaziyatni izohsiz qoldirmoqchiman. Bu kabi ishlar bilan shug'ullanidiganlar bor. O'z futbolchilarimni bunday yaxshi o'yin bilan tabriklamoqchiman. Bilaman chiroyli o'yin ko'rsatmadik. Ammo intizom borasida yigitlar ajoyib harakat qilishdi. Balki bugun uch ochko ololmagandirmiz, ammo keyingi o'yinlarda albatta g'alaba qozonamiz. Tayyorgarlik uchun 15 kun bor. Vaqt etarli, endi jamoa bilan o'z ustimizda ishlaymiz. 

- Bugun beshta himoyachi bilan maydonga tushdingiz. Bu taktika aynan Boshkovichning uslubimi yoki bu raqibdan kelib chiqib tanlangan qarormidi?

- Bazida o'zgarishlar qilish kerak bo'ladi. Bilasizmi, hozirda "Bunyodkor"da juda qiyin vaziyat. Biz hech qachon bunday o'rinda bo'lmaganmiz. Raqibning kuchli va ojiz tomonlarini analiz qildik va bugungi o'yinga shu kabi taktika tanlandi. Kelajakdagi taktikamiz vaziyatdan kelib chiqib tanlanadi. Raqib, jarohatlar va jamoaning holatiga qarab. "Bunyodkor" maydonning raqib tomondagi qismidda harakat qilishi kerakligini, vaziyatlar yaratishi, to'pga egalik qilishi kerakligini bilamiz.

- "Bunyodkor" ushbu mavsumda 11 kishidan ko'ra 10 kishi bo'lib yaxshiroq o'ynamoqda...

- Bu menimcha motivaciya natijasi. Biz qaerda turganimizni juda yaxshi bilamiz. Yigitlar bilan o'yin davomida intizomni saqlashga kelishdik va buni uddasidan chiqqanimizdan mamnunman. SHu sabab ham ularga etiroz yo'q. Ular berilgan topshiriqni yaxshi darajada bajarishdi. Bir kishi kam bo'lib qanday o'ynash kerakligini ko'rsatishdi. O'ylashimcha, raqiba birorta ham yaqqol vaziyat yarata olmadi. 

- Birinchi o'yin murabbiyga motivaciya beradimi yoki ustunlikmi?

- O'ylashimcha, ha. Lekin mening ishimga uzoqroq muddatdan so'ng bahoni berishingiz mumkin

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика