“Inter” Moratani nishonga oldi
13 fev 2014 15:05
Yangiliklar


“Inter” Moratani nishonga oldi
“Real” klubining 21 yoshli hujumchisi Alvaro Morataga “Inter” qiziqayapti, deb xabar beradi Fichajes.
“Inter” klubi vakillari o'yinchini mavsum tugashi bilan qo'lga kiritish uchun hoziroq muzokarani boshlashga tayyor. Morataning o'zi ham “Qirollik klubi”da etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmayotgani tufayli boshqa klublardan tushayotgan takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emas.
Ushbu mavsumda Morata Ispaniya chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar