So’nggi yangiliklar

15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  2 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  14 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  12 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1

Ilhom SHaripov: "Dinamo"ning asosiy vazifasi oliy ligaga qaytish" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Dinamo"ning asosiy vazifasi oliy ligaga qaytish"

Dinamo - Norin (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng Dinamo bosh murabbiyi Ilhom SHaripov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Avvalo, bugun jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Aynan ularning yordami ham mavsumdagi ilk g'alabani qo'lga kiritishimizga sabab bo'ldi. Bugun ochilish uchrashuvi ekanligi bois hayajon sezildi. O'yin borasida esa raqibdan ustun ekanligimizni ko'rsata oldik. Juda ko'p xavfli vaziyatlar yarata olgan bo'lsakda, samaradorlik borasida hali ancha ishlashimiz kerak ekanligi ko'rinib turibdi. Dinamoda ish boshlaganimga bir oy vaqt bo'ldi. Jamoa tarkibi endi shakllanmoqda. Ushbu futbolchilardan umidim katta. Umid qilamanki, jamoamiz bilan asosiy vazifa bo'lmish Oliy Ligaga chiqishni uddalaymiz - deya gap boshladi Dinamo bosh murabbiyi.

- Bugungi tarkibdan asosiy hujumchilardan biri Viktor Klishin o'rin olmaganligi sababi nimada?

- Yozyovondagi 2-tur uchrashuvida Klishin jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvdan so'ng unga 10 kunga dam berishga qaror qildik.

- Azamat Bobojonov o'yinni juda barvaqt yakunladi. Uning jarohati qay darajada?

- Bobojonov ham oyog'idan jiddiy jarohat olganga o'xshaydi. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi. SHundan so'ng, ertaga futbolchining holati aniqlanadi.

- Dinamoning hozirgi tarkibi bilan jamoaning Oliy Ligaga chiqa olishiga qay darajada ishonasiz?

- Jamoamiz tarkibi ancha yosh va tajribali futbolchilardan iborat. Bu tarkibda katta salohiyat borligini kubok uchrashuvlari va yig'in davomida guvoh bo'ldim. O'yinimiz turdan-turga shakllanib boraveradi. Ko'ramiz, balki ikkinchi davrada tarkibni yanada kuchaytirarmiz. Hozirda esa bugungi tarkib bilan ham Oliy Ligaga chiqish uchun kurashamiz. CHunki men o'z shogirdlarimga ishonaman.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика