

Unda Samarqand shahar hokimi, Dinamo PFK prezidenti Boburmirzo Obloqulov, Samarqand viloyat hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Ro'ziev ishtirok etishdi. Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi.
Dinamo klubi bosh menejeri lavozimida ishlab kelgan Ilhom Sharipov o'z arizasiga binoan jamoa rahbarligini tark etdi.
Viloyat va klub rahbariyati tomonidan Uchqun Qobilov Dinamo PFK jamoasi boshlig'i sifatida tanishtirildi.
Dinamo PFK jamoasi klubdagi faoliyati uchun Ilhom Sharipovga minnatdorchilik bildirib, uning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.
Ma'lumot uchun, klub va viloyat rahbariyati Dinamo jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod murabbiylar bilan muzokara olib bormoqda. Bu borada bir qarorga kelinsa, klub tomonidan e'lon qilinadi.



