Ilhom Sharipov 50 yoshda!

Narzulla Saydullayev
24 fev 2018, 11:37
Bugun, 24 fevral kuni Dinamo klubi bosh menejeri Ilhom Sharipov yubiley 50 yoshini qarshi olmoqda.

Samarqand futboli yorqin namoyandasi, 1994 yilgi Osiyo O'yinlari g'olibi, O'zbekiston chempioni sanalmish Ilhom Sharipov futbolchilik faoliyatida Dinamo, Navbahor, Paxtakor klublari, O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar ko'nglidan joy oldi.

Bugun yubiley 50 yoshini qarshi olayotgan Ilhom Sharipovni Dinamo PFK jamoasi va minglab samarqandlik muxlislar nomidan tug'ilgan kuni bilan tabriklab, yubilyarga Yaratgandan uzoq umr, sihat-salomatlik, omad va zafarlar tilab qolamiz!


Dinamo PFK jamoasi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz