So’nggi yangiliklar

13:05"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:50Музаффар Олимжонов: "Мазкур ўйиндаги ғалаба билан барча айбимизни ювдик деб ўйлайман"  0 12:23Ислом Тўхтахўжаев: "Барча ўйинда камбэк амалга ошириб бўлмайди. Чемпионлик учун 4-5 жамоа кураш олиб боради"  1 12:08Ҳамидулло Абдунабиев: Шуни унутмаслик керакки, биз мусобақа пешқадамига қарши майдонга чиққан эдик"   1 11:49Миржамол Қосимов: "Ўтган мавсум давомида ҳам ҳеч ким бизни чемпионликка даъвогарлар сафида тилга олишмаганди"  2 11:26Темурхўжа Абдухолиқов: "Иккита дурангни муваффақиятсизлик дейиш бизни хурсанд қиляпти, сабаби..."  2 11:09Моуриньо "Фенербахче"да Кьезани кўрмоқчи  0 10:44Таҳлил. Қосимов ғалаба учун ҳамма нарса қилди, Зейтуллаев янги "Бунёдкор"ни қуряпти  4 10:40«Қўқон-1912» легионери:« Бу лаҳзани анчадан бери кутгандим»  0 10:07«Реал Мадрид»нинг янги бош мураббийи деярли аниқ  28 09:38«Арсенал»нинг икки футболчиси ПСЖга қарши учрашувдан аввал жароҳатдан қайтди  8 09:10«Рома»нинг шорт-листида 4 нафар мураббий бор  7 08:40Мессининг «Барселона»га қайтмаслигининг сабаби маълум  17 08:12Фабрицио Романо Анчелоттининг келажаги ҳақида фикр билдирди  1 07:44Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур давом эттирилади  0

Ilhom Mo'minjonov: "O'tgan yili osmonda edik, bu yil pastda yuribmiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "O'tgan yili osmonda edik, bu yil pastda yuribmiz"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Olimpik" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun ko'rsatgan o'yinimiz uchun yigitlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Sababi zaxira o'rindig'imiz tor, biz dastlab Sunnatilla Abdullajonovni, o'yinning so'ngi daqiqalarida Oybek Qilichevni maydonga tushirdik. Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. 

Jarohat olgan futbolchilar tez orada safga qo'shilishi kutilayapti. Bugun yutsak bo'lardi, shunday bo'lsa ham qo'lga kiritilgan bir ochko bilan barchani tabriklayman. Ikkita golli vaziyatlardan foydalana olmadik. "Olimpik"da deyarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Biz tezroq bu chuqurlikdan chiqib ketishga harakat qilayapmiz.

- O'zgarishlarni kech amalga oshirganingizni sababi nima?

- Zaxira o'rindig'imiz tor bo'lgani sababli o'yin tempiga qarab o'zgarishlarni amalga oshirdik.

- SHuhratillo Rahmonov va SHodiyor Hojimatovlar jamoada olib qolinganmi?

- Ha, ular biz bilan birga. SHodiyor Hojimatovni olib qoldik, ikkinchi davradan jamoamizga yordami tegishiga ishonaman.

- SHarich nega maydonga tushirilmadi?

- U hozir talabga javob bermayotgan hujumchi hisoblanadi. SHu sabab maydonga tushirmadik. Superligada oson o'yin bo'lmaydi, sekin-sekin o'zimizga kelib olamiz degan umiddaman. Muxlislarimizdan yana bir bor uzr so'rayman. O'tgan mavsum osmonda edik, bu yil pastga tushib qoldik. Jamoa tarkibi yangidan shakllantirildi. Yaxshi futbolchini jamoaga olib kelish qiyin, lekin "Neftchi"ni ko'taraman deb kelgan va jon kuydirib o'ynayotgan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Hali hammasi oldinda. Ertadan mashg'ulotlarga kirishamiz.

- "Olimpik" bilan jamoa birinchi bo'limda cho'chib o'ynagandek tuyuldi, buni qanday izohlaysiz?

- "Olimpik" bu o'sha o'tgan mavsum Pro-ligada o'ynagan jamoa. "Nasaf"dan va "Dinamo"dan futbolchilar tarkib to'ldirilgan. O'tgan mavsum ular bilan o'ynaganmiz, durang natija, g'alaba va mag'lubiyatlar bo'lgan. Bu yil yana ko'rishdik. 

Birinchi bo'limda raqib tezkorlik ko'rsatdi, bizga bosim uyushtirdi. "Olimpik" tarkibini yosh futbolchilar tashkil etadi, lekin har bir chiziqda eng yaxshilar jam bo'lgan. Mehmonlarda golli vaziyatlar deyarli bo'lmadi, ular bugungi durang natijada xursand bo'lishdi deb o'ylayman. Biz aksincha ikki ochko yo'qotdik. 

- "Navbahor" bilan o'yin haqida fikrlangiz qanday?

- Hozir hech bir o'yin oson o'tmaydi. Bu o'yinga qadar Sirojiddin Qo'ziev safga qaytishiga umid qilayapmiz. Mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Lutfulla To'raev ham tez orada mashg'ulotlarga kirishadi. 

- Qaydnomaga yosh futbolchilar ham kiritilmoqda. O'tgan turda Faxriddin Muhammadov 10 daqiqa atrofida o'ynadi. Uni bugun ham maydonga tushirish mumkinmidi?

- Yosh futbolchilarimiz hozir 18 yoshda. Ularning kelajagi bor. Yil yakuniga qadar Faxriddin va boshqa yosh futbolchilarga imkon beramiz.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика