So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  4 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Islom To'xtaxo'jaev: "Barcha o'yinda kambek amalga oshirib bo'lmaydi. Chempionlik uchun 4-5 jamoa kurash olib boradi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Barcha o'yinda kambek amalga oshirib bo'lmaydi. Chempionlik uchun 4-5 jamoa kurash olib boradi"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – OKMK (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. "Bunyodkor" ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Bu – futbol, shunday ekan, bunday natija uchrab turadi. Keyingi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz degan umiddaman. 

Barcha o'yinda ham kambek amalga oshirib bo'lmaydi. Chunki har bir raqib turlicha o'yin taklif qiladi. Lekin muammoni ko'proq o'zimizdan qidirganimiz maqul. Bugun o'z o'yinimiz o'xshamadi, ayniqsa, birinchi bo'limda. Murabbiy ham tanaffusda faqat g'alaba qozonishimiz kerakligini takidladi. Uning ham taymdan ko'ngli to'lmagani oldingi chiziqda o'zgarishlar qilganidan malum edi. Bellashuvni tahlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz.

Hisobda ortda borayotgan paytimiz oldinroqqa chiqib o'ynashga majbur edik. Yutqazayotgan har qanday jamoa bu ishni qilishi tabiiy hol. Шu bois, raqib hujumchilari ofsaydda bir necha bor darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. 

Mavsum so'ngiga qadar yuqori tempni ushlab qolishga va chempionlik uchun kurashishga harakat qilamiz. Chempionlik uchun 4-5 jamoa kurash olib boradi. "Bunyodkor", "Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" singari jamoalar yuqori maqsadni ko'zlamoqda", dedi 35 yoshli futbolchi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика