So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Tahlil. Qosimov g'alaba uchun hamma narsa qildi, Zeytullaev yangi "Bunyodkor"ni quryapti Yangiliklar

Tahlil. Qosimov g'alaba uchun hamma narsa qildi, Zeytullaev yangi "Bunyodkor"ni quryapti

Cuperliga 7-turning markaziy qarama-qarshiligiga Toshkentda guvoh bo'ldik.

Kecha "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" va OKMK jamoalari maydonga chiqdi. Ikki mag'lub bo'lmagan jamoaning o'yinini kuzatish, boz ustiga turnir jadvali nuqtai nazaridan ham qiziq edi. Qosimovning Zeytullaevga nima tayyorlagani-yu, "Bunyodkor"ning kuchli raqibga qarshi nima qila olishi kabi savollar yo'q emasdi. Quyida shu haqida batafsil so'z boradi.

OKMK 8 yildan so'ng Toshkentda mag'lub bo'ldi 

Jamoalar bu o'yinga qadar o'zaro 34 marotaba to'qnash kelgan edi, o'zaro bellashuvlarda ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida turgandi, 18 g'alaba, 9 mag'lubiyat, 8 durang. Toshkentda kechgan 17 ta bahsda 9 g'alaba, 4 durang, 4 mag'lubiyat qayd etilgan. Qiziq fakt, "Bunyodkor" raqibini 2017 yildan buyon o'z maydonida mag'lub eta olmayotgandi. Kecha jamoa 8 yillik yoqimsiz ananaga chek qo'ydi va 3 ochkoga ega chiqdi. Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" maydonida umuman engilmagan edi. Bu murabbiy uchun ilk mag'lubiyat sifatida tarixga kirdi.

Birinchi bo'lim xulosalari

OKMK avvalgi 2 ta uchrashuvda kambek evaziga "So'g'diyona" va "Nasaf"dan ustun kelgan, o'z o'yinini raqiblariga o'tkaza olgan edi. Lekin kechagi raqibi avvalgilaridan farq qilar, ochiq o'yin taklif qiladigan, ochiq hududlar beradigan jamoa hisoblanmasdi. "Bunyodkor" kecha birinchi bo'limda o'z uslubini saqlab qolgan holda raqib jarima maydonchasi ichiga kirishga harakat qildi. OKMK xuddi o'tgan o'yin kabi birinchi bo'limni muvaffaqiyatsiz o'tkazdi, ustunlikni raqibiga topshirdi. Bundan esa "qaldirg'ochlar" foydalanib ketdi, Temurxo'ja Abduxoliqov o'yindagi ilk gol muallifiga aylandi. Lekin bu uchrashuv uchun xulosa degan manoni anglatmasdi, zero olmaliqliklar ayniqsa Mirjalol Qosimov keyingi daqiqalarda o'yinni o'zgartirib yuborishi, zaxira kuchlarini tashlash orqali g'alabani o'z tomoniga og'dirishiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Шu bois tabloga hakamning final hushtagi yangragach qaragan maqul edi. Jamoaning oldinga yurishlarining faqat bittasigina aniq zarba bilan yakunlandi, uni ham Abdunabiev osonlikcha bartaraf etdi. Mirjalol Qosimov takidlaganidek futbolchilarida birinchi bo'limda olov ko'ringani yo'q, balki rostdan ham oldingi ikki o'yindagi yuqori tempda o'tgan g'alabadan so'ng tiklanib ulgurishmagandir. 

Qosimov ikkinchi bo'limda hamma ishni qildi

So'nggi o'yinlarda OKMK 3 ta markaziy himoyachi taktikasida o'ynamoqda, ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirish maqsadida bir himoyachi o'rniga hujumi tushirish orqali yana 4 talikka o'tib olayotgandi. Aynan shu 4 talikka o'tish orqali oldinda vaziyatlar ko'proq yaratilgan, imkoniyatlar ko'paygan. Kecha hisobda ortda borayotgan olmaliqliklar ustozi Avazbek O'lmasaliev o'rniga hujumkor yarim himoyachi Arixiro Sentoku, Kleydi Daci o'rniga Ali Abdurahmonnov, qora ishni ko'proq bajarishga ixtisoslashgan Papava o'rniga Ruben Sanchesni tushirdi. Bu to'g'ri qaror edi , raqib tartibli himoyalanayotganida unga qarshi bosimni oshirishi shart hisoblanardi deya olamiz. Keyingi daqiqalarda Aziz Xolmurodov, Asadbek Sobirjonov ham o'yinga qo'shildi. Yani Mirjalol Qosimov g'alaba uchun hamma chorani qo'llagani kundek ravshan. To'pni nazorat qilishdagi ustunlik ham katta farq bilan mehmonlar tomonida, 63 foiz. 

Zeytullaev qurayotgan jamoa haqida

"Bunyodkor" 7 ta turda 3 ta gol o'tkazdi,  jamoaning mustahkam qo'rg'onini faqat "Neftchi" va "Surxon" yorib o'ta oldi, xolos. Vaholanki, jamoa o'tgan yili 7 ta turda allaqachon 13 ta golni mazasini totib ko'rgan. Bugungi futbolda jamoa to'p bilan va to'psiz o'ynashni bilishi kerak. Buni ham o'ziga yarasha mahorati bor. To'psiz deganda faqat raqibga to'pni berib qo'yish tushunilmasligi kerak. To'g'ri ochilish, himoyadan pozicion hujumni boshlay olish kabi detallar ham bor. Zeytullaevning uslubi shunga asoslangan. Deylik kecha 2-3 marotaba xavfli qarshi hujumlar tashkil qilindi. Temurxo'ja Abduxoliqovda birga-bir vaziyatda imkoniyat bo'ldi. Futbolchilar esa u istayotgan narsani bajarib bera olyapti. Hattoki, zaxiradan tushayotgan futbolchilar chizmani buzib qo'ymayapti, nima qilish kerakligini bilib o'ynamoqda. Kerakli pallada to'pni raqibga topshirib himoyada mustahkam turmoqda, hujumga o'tishda aniq kichik paslar, bir tepar uzatmalar bilan harakat qilyapti. Шunday jamoalar borki, ular faqat to'p o'zida bo'lganidagina yorqinroq ko'rinadi, ustunligi aks etadi. Yana boshqa klublar esa to'psiz standartlarga, qarshi hujumda o'yin quradi. Ilyos Zeytullaevda 2 ta uslub ham shakllanib boryapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning shogirdlari orqada kamroq xato qilib oldindagi vaziyatlardan maksimal foydalanishga urinyapti. 

Yana bir qiziq fakt shuki, "Bunyodkor" bu yil qishki yig'inlarda ham, Superliga va kubok uchrashuvlarida ham mag'lubiyatga uchramay odimlamoqda. Bu borada O'zbekistondagi yagona jamoa bo'lib turibdi. OKMK uchun esa bu mag'lubiyat o'ziga hos signal bo'lsa ajab emas. 

Malumot uchun, jamoa navbatdagi bahsini 2 may kuni Toshkentda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. OKMK 3 may kuni Olmaliqda "Andijon"ni mehmon qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика