So’nggi yangiliklar

10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  2 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  2 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  6 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  33 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  1 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  14 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  3

G'uzordagi stadionga katta futbol qaytadi Yangiliklar

G'uzordagi stadionga katta futbol qaytadi

"Шo'rtan" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan arena o'tgan mavsumning noyabr oyida Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun tayyor emas, deb topilgandi. Buning sabablari "Шo'rtan" rahbariyati bilan uchrashuvda to'liq tushuntirib o'tilgan.

"O'tgan vaqt davomida klub va Liga o'zaro kelishuv asosida stadionda qator ishlarni amalga oshirdi. Xabaringiz bor, respublikaning janubiy viloyatlarida ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar bor. Bu o'z navbatida futbol maydonlarini sifatli ko'rinishda ushlab turish va maysani parvarish qilishda qator kutilmagan holatlarni keltirib chiqaradi. Liga kelajakdagi 5 yillikda bu muammoga qarshi qanday kurashish, cho'l zonasiga yaqin hududlardagi stadionlarni Superliga bellashuvlariga tayyorlash masalasida o'rganishlar olib borishni maqsad qilgan. 

Шundan kelib chiqib, qishda "Шo'rtan" stadionining mavjud maysasi qatoriga boshqa turdagi maysa ham yotqizildi. Uning ichimlik suvida va sho'rlanishi mavjud bo'lgan suvda o'zini qanday tutishi, fasllar davomida qanday holatda bo'lishi mavsum bo'yi o'rganilib, tahlil qilib boriladi. Aprel boshlariga kelib, yangi nav o'zini yaxshi ushlab oldi va stadion maysasi Superliga uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin bo'lgan darajaga etdi. Endilikda uning jazirama avj olgan vaqtda qanday ko'rinishda bo'lishi, ajriq sarg'ayishni boshlaydigan kuz mavsumida qanday holatda bo'lishi va qish oyidan qanday chiqishi kabi masalalar ham o'rganiladi. 

Maysa holati aprel oyiga kelib yaxshilanishi mart oyida tahmin qilingach (stadion drenaj va sug'orish tizimi qoniqarli darajada), "Шo'rtan" klubiga zudlik bilan stadion yoritish tizimini yaxshilash ustida ishlash vazifasi topshirildi. Шu yilning 29 mart kungi holatiga ko'ra stadion projektorlari 1 192 lyuks yorug'lik berayotgan bo'lsa, o'tgan davr davomida u 1 900 lyuksga qadar yaxshilandi. 

Maysa va yoritish tizimi bilan parallel ravishda stadionda VAR tizimi ishlashi hamda uchrashuvlarni teletranslyaciya qilish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga kirishildi. Gap shundaki, stadionning kameralar turadigan tribunasi quyosh va yog'ingarchilikdan pana qilish maqsadida tom bilan yopilgan bo'lib, mazkur konstrukciyani bir nechta ustunlar ko'tarib turadi. Mana shu ustunlardan ayrimlari asosiy kamera rakursini burchak zarbalaridan to'sib qo'yadi. O'z navbatida, ofsayd kameralar joylashgan nuqtalar ham jonli efir tashkil qilishga xalal berardi. Liga va klub hamkorlikda mazkur muammoni ham echish ustida ishladi. Endilikda stadion teletranslyaciyalarni amalga oshirishning minimal talablariga moslandi. Umid qilamizki, asosiy bellashuvlarda bu masala kutilmagan muammolar keltirib chiqarmaydi. 

Liga "Шo'rtan" stadionining maysasi, hududdagi suv bilan bog'liq muammo va boshqa masalalarni o'rganishda, tahlil qilishda davom etadi. Mazkur harakat kelajakda Muborak, Buxoro, Surxondaryo, Navoiy kabi hududlarda yangi maydonlar bunyod etishda ko'mak berishiga umid qilamiz. Шu bilan birgalikda, maydon holati, stadion yoritish tizimi minimal talablar ko'rinishiga keltirilgani, o'z navbatida, "Шo'rtan" va "Mashal" futbol klublarining ayni vaqtdagi iqtisodiy holati, Buxorodagi stadion hozirga qadar ishga tushmagani va bu holat Liga taqvim rejalariga o'z tasirini ko'rsatayotganidan kelib chiqib, G'uzordagi stadion katta futbol uchrashuvlari uchun ochiladi. 

30 aprel kuni "Шo'rtan" mazkur arenada Toshkentning "Olimpik" klubini O'zbekiston kubogi musobaqasi doirasida qabul qiladi. 4 may kuni esa Superliganing 8-turi doirasida "Шo'rtan" – "Dinamo" o'yini sinov tariqasida G'uzorda bo'lib o'tadi. Umid qilamizki, o'tgan davr davomidagi mehnat va harakat Шo'rtan stadionida rasmiy uchrashuvlarni uzulishlarsiz o'tkazish uchun zamin yaratadi. Kutilmagan fors-major holatlar yuzaga kelsa, stadion bo'yicha qaror masalasi qayta ko'rib chiqiladi", – deyiladi xabarda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика